So’nggi yangiliklar

01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  0 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  0 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  4 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  166 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15

Luis Enrike: "Ramos va Karvaxal jarohat sabab yo'q. Nachoga esa joy topilmadi" Yangiliklar

Luis Enrike: "Ramos va Karvaxal jarohat sabab yo'q. Nachoga esa joy topilmadi"

Ispaniya termasi ustozi Luis Enrike jamoaning Evro-2020"ga qaydnomasi haqida savollarga javob berdi.

24 futbolchidan iborat tarkibdan "Real Madrid"ning birorta vakili yo'q, jumladan Serxio Ramos ham.

Qaydnomadagi futbolchilar soni haqida
"Biz 26 o'yinchini chaqirishimiz mumkin edi, lekin 24 nafar bilan cheklanishga qaror qildik. Biz har bir futbolchi jamoaga yordam bera olishi, istalgan daqiqada maydonga tushishi mumkinligini his qilishini istaymiz".


Ramos haqida
"Serxio Ramos haqida alohida to'xtalib o'tishni istardim. SHubhasiz, u yanvardan buyon maydondan tashqarida qolmoqda, shuning uchun optimal sport formasida emas. Bu og'ir qaror edi, kecha men bu haqida Serxioga ham malum qildim.

Bu yoqimsiz holat. Ramos doim yuqori saviyada harakat qilgan va jamoa etakchisi edi, lekin biz uchun jamoa manfaati muhimroq va hozir eng to'g'ri qaror qabul qilindi deb o'ylayman".


Nacho haqida
"Albatta, shubhasiz, u yuqori saviyada to'p tepdi. Ammo men 24 futbolchini chaqirishni istadim, bu mening qarorim. Yana 3-4 futbolchi bor, ular ham termadan chaqiruv olishga loyiqlar, lekin doim ham istaklarimiz imkoniyatlarimizga to'g'ri kelmaydi.


Qaydnomada "Real" futbolchilari yo'qligi haqida
"Agar Karvaxal va Ramos sog'lig'i bilan muammolar bo'lmaganida, tarkibdan joy olardi. Tushunaman, har bir klub futbolchilari termada to'p tepishini xohlaydi, lekin bazi jamoalar tig'iz taqvim sabab o'yinchilari terma o'yinlarini o'tkazib yuborishini so'raydi. Ularga jarohat to'sqinlik qildi, boshqa hech bir sabab yo'q, – dedi murabbiy.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика