Luis Enrike: "PSJ "Loryan"dan juda kuchli edi"
13 avg 2023 13:13
Yangiliklar
Luis Enrike: "PSJ "Loryan"dan juda kuchli edi"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikening fikriga ko'ra, jamoasi "Loryan"ni mag'lub etishga loyiq edi.
Parij klubi Franciya chempionatining 1-turida "Loryan" bilan nursiz durang qayd etdi.
"Hissiyotlarim turlicha. PSJ futbolchilarining o'yinga bo'lgan munosabati menga maqul keldi. Jamoa himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. Garchi yaxshi jamoa bo'lsa-da, "Loryan" birinchi bo'limda 3 marta markaz chizig'ini kesib o'tdi.
Biroq biz hujumda xavfli o'ynay olmadik, gol urish uchun etarlicha vaziyat yarata bilmadik. Lekin biz raqibdan kuchli ekanligimiz ko'rinib turdi, faqatgina g'alaba olib keladigan golni ura olmadik. Biz g'alabaga loyiq edik deb o'ylayman", - dedi Luis Enrike.
Fikrlar