⚡️ Luis Enrike PSJ bilan to'liq kelishib oldi
01 iyu 2023 15:29
Yangiliklar
⚡️ Luis Enrike PSJ bilan to'liq kelishib oldi
Ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike tez orada PSJni boshqaradi, deb xabar berdi "RMC Sport".
Malum qilinishicha, tomonlar shartnomaning barcha masalalari bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan.
Nashrning yozishicha, tez orada Parij klubi ispaniyalik mutaxassisni tanishtiradi.
Enrikening so'nggi ish joyi Ispaniya terma jamoasi edi. Bungacha 52 yoshli mutaxassis "Barselona", "Selta" va "Roma" klublarini boshqargan.
O'tgan mavsum PSJ 85 ochko bilan Franciya chempionatini 1-o'rinda yakunladi. Qolaversa, Galte boshchiligidagi jamoa CHempionlar Ligasining 1/8 finaliga qadar etib bordi va "Bavariya"ga imkoniyatni boy berdi (0:1; 0:2).
O’xshash yangiliklar
19:18
"Yigitlarga motivaciya berish shart emasdi, chunki titul o'rtaga tikilgandi" - Nodir Eliboev 0
Fikrlar