Luis Enrike: "Messi - barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi"
26 noy 2014 13:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/152824_original.jpg)
![](/upload/storage/152824_220.jpg)
Luis Enrike: "Messi - barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi"
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike APOELga qarshi CHempionlar ligasi 5-tur uchrashuvidan so'ng hujumchi Lionel Messining harakatlariga yuqori baho berdi.
"Kam gol o'tkazadigan jamoaga qarshi bunday o'yin o'tkazganimizdan xursandman. PSJga qarshi uchrashuvgacha ko'p narsa o'zgarishi mumkin. Hozir biz faqat yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Valensiya"ga qarshi bahs haqida bosh qotiryapmiz. Jamoamiz o'zining odatiy o'yinini namoyish qildi. Barcha o'z vazifasini yaxshi bajardi.
Jamoa raqibga moslashishi kerak. Birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdik va raqibga hujum qilish uchun imkoniyat berganimiz yo'q. Suares gol urganidan mamnunman. Bu uning so'nggi goli emasligigi ishonchim komil. U jamoaga yordam berishda davom etyapti. Messi - barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. U bizni hayron qoldirishda davom etadi" - deydi murabbiy.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar