Luis Enrike: "Mbappening jarohati jiddiy emas"

Omonjon To`xtamirzayev
25 sen 2023, 11:53
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Kilian Mbappening holati haqidagi savolga javob berdi.

Futbolchi Liga 1 6-turi doirasida "Marsel"ga qarshi bahs (4:0) birinchi bo'limida oyog'iga zarba berilgach, maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Uning o'rniga Gonsalu Ramush maydonga tushirildi va keyinchalik 2 ta golga mualliflik qildi.

"Vaziyat u qadar jiddiy emas, u og'riqni his qildi va shu sabab o'yinni davom ettirishga qiynaldi. Uni zaxiraga olish to'g'ri qaror edi. O'ylashimcha, u tezda safga qaytadi".

Eslatib o'tamiz, avvalroq Mbappe jarohat olgani haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: lequipe.fr