Luis Enrike "Chelsi"ni boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2017, 13:50
Agar Antonio Konte "Chelsi"ni tark etsa, "Barselona" sobiq ustozi Luis Enrike ko'klar bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

"Chelsi" Kontega ishonch bildirmoqda, biroq agan italiyalik ketishga qaror qilsa, Enrike ko'klar uchun asosiy nomzod.

Oldinroq Konte rahbariyat bilan tushunmovchilik tufayli "Chelsi"ni tark etishi mumkinligi aytilgan edi. 47 yoshli mutaxassis klubning transfer siyosatidan norozi. Keyinroq Konte London jamoasida baxtli ekanligi ma'lum qilindi.

Luis Enrike so'nggi uch mavsumni "Barselona"da o'tkazdi va jamoa bilan 9 ta sovrin qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph