Luis Enrike: "Barselona" Pepni emas, "Bavariya"ni mag'lub etmoqchi"
05 may 2015 17:29
Yangiliklar


Luis Enrike: "Barselona" Pepni emas, "Bavariya"ni mag'lub etmoqchi"
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Bavariya"ga qarshi uchrashuv oldidan jurnalistlar savoliga javob berdi.
"Gvardiola kelganidan so'ng "Bavariya"ning o'yin uslubi o'zgardi. Murabbiy jamoaning kuchli taraflarini saqlab qolib, unga o'zgacha sayqal berdi.
"Bavariya" - Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri ekanligini tan olaman. Biz Pepni emas, "Bavariya"ni, katta tarixga ega jamoani mag'lub etishni istaymiz. Afsuski bu klublardan faqat bittasi yarim finalda o'ynaydi" - deydi Luis Enrike.

Fikrlar