Lovrenga Italiya klubidan xaridor bor
16 iyu 2019 19:20
Yangiliklar
Lovrenga Italiya klubidan xaridor bor
A Seriya vakili "Milan" "Liverpul" himoyachisi Deyan Lovrenga qiziqmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining jurnalisti Nikola Skiraning malum qilishicha, Lovren – "rossonerilar" mudofaa chizig'ini kuchaytiradigan o'yinchi.
Futbolchining agenti Vlado Lemich seshanba kuni ertalab "Milan" rahbariyati bilan 1 soat davomida uchrashuv o'tkazgan.
"Liverpul" xorvatiyalik himoyachisi uchun 20 mln. evro so'ramoqda. Ayni paytda Lovren mersisaydliklar safida yiliga 5 mln. evro maosh oladi. "Milan" esa futbolchiga 3 mln. evro to'lashga va 4 yillik shartnomaga ega taklif bilan chiqmoqchi.
O'tgan mavsum 30 yoshli Deyan "Liverpul" tarkibida 13 uchrashuv o'tkazib, 1tadan gol va assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar