Lovren: "Ishtaha ovqat mahal keladi. "Liverpul" nimalarga qodirligini isbotlamoqchi"
19 apr 2020 17:28
Yangiliklar
Lovren: "Ishtaha ovqat mahal keladi. "Liverpul" nimalarga qodirligini isbotlamoqchi"
"Jamoaning asosi o'zgarmadi. Bosh murabbiy ham ilk kelgan kunidanoq yuqori darajada tinmay mehnat qilmoqda.
U barchaga katta ishtiyoqqa va malakaga ega ekanligini, jamoa bilan qanday ishlash lozimligini, shuningdek, barcha jamoada yomon va yaxshi kunlar borligini ko'rsatdi.
Biz ham ishlashni tashlab qo'ymadik, bu asosiysi. Biz g'alabalarga tashnamiz. U bizga shuni singdira oldi. Biz doimo g'alabalarga chanqoqmiz va shunday bo'lib qolamiz.
Tarkibimizda yosh, o'rta yosh va katta yoshli futbolchilarning o'zaro bog'liqligi ajoyib bo'lmoqda. Menimcha, tarkibda balans yaxshi holatda.
Biz uchun finallar, katta o'yinlar oddiy holat bo'lib qoldi va og'ir holatlardan ham chiqib keta olyapmiz. 0:1 hiobida yutqazib turgan paytda nima qilish kerakligini anglayapmiz.
Agarda tarkibdagi eng yaxshi futbolchilarni ushlab qola olsak, jamoaning o'yini yanada yaxshilanadi va o'sishga erishamiz", - dedi Lovren.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar