Lotar Matteus: Krishtiano Ronaldo – "Oltin to'p" uchun kurashda favorit, Messi – autsayder
06 dek 2014 00:56
Yangiliklar

Lotar Matteus: Krishtiano Ronaldo – "Oltin to'p" uchun kurashda favorit, Messi – autsayder
Bavariya jamoasi sobiq futbolchisi Lotar Matteus o'zining "Oltin to'p" borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
SHaxsiy fikrimcha, Ronaldo "Oltin to'p"ga asosiy davogar, Messi esa bu borada autsayder. Ronaldo kiritilgan gollari evaziga sovrinni ilib ketsa kerak.
Odatda jahon chempionati barcha narsani hal qilishi kerak, lekin Ronuldoning gollari qolgan barcha-barchasini hal etib qo'ymoqda. Menimcha, u favorit. Ronaldo har hafta o'zining gollari bilan hammani lol qoldirishda davom etmoqda.
Messi - autsayder. Sababi, u bu mavsumni ko'pincha jarohati bilan o'tkazib yubordi. Mundialda ham o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etib bera olmadi. Ammo FIFA uni chempionatning eng yaxshi futbolchisi deb topdi. Bu unga qilingan sovg'a bo'ldi.
Noyerga keladigan bo'lsak, u darvozabonlar uchun yangi o'yin uslubini ochdi. U endilikda 11-futbolchi sifatida ham harakatlana olmoqda. Noyer ko'pincha "tozalovchi" rolida ham o'zini ko'rsatmoqda. Manuel Noyer o'zining o'yinlari bilan nafaqat evropada, balki butun dunyoda mashxur bo'ldi. Mundialda Noyer juda ajoyib va g'aroyib o'ynadi. Germaniyani jahon chempioni bo'lishida Manuel Noyerning xizmatlari katta bo'ldi.

Fikrlar