Lotar Matteus bilan intervyu
18 iyu 2014 00:00
Yangiliklar
Lotar Matteus bilan intervyu
-Tabriklaymiz, gerr Matteus! Birinchi savolimiz, stadiondan turib final o'yini tomosha qilish qanday ekan?
-Men o'z hissiyotlarimni to'liq aytib bera olmayman. Ishoning, bu fantastika. "Markana"stadionida seni vataning jamoasining olamshumul g'alabasini ko'rish bu aytib bera olinmaydigan hislar. "Marakana" stadioni bu oddiy o'yingoh emas, balki haqiqiy futbol saroyi. Futbol ishqibozlari stadoinda ajoyib muhitni yuzaga keltira olishdi. Germaniyalik muxlislarga tasanno degan bo'lardim. SHu o'rinda Argentina terma jamoasi ishqibozlariga ham rahmat aytmoqchiman. Bazida futbol ishqibozlari bilan jo'r bo'lib qo'shiq aytvoray dedim. Lekin zo'rg'a o'zimni ushlab turdim. Men o'tirgan joyda martabali mehmonlar borligini inobatga oldim albatta.
-O'yin haqida gaplashsak. Tan olish kerak, Germaniya finalda o'zining yaxshi o'yinini ko'rsata olmadi.
-Qo'shilaman. Argentina finalda o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etdi. Biz esa o'z imkoniyatlarimizning yarmini ham ko'rsata olmadik hisobi. Lekin shunga qaramasdan, bundestim birinchi bo'ldi. Bu Germaniya terma jamoasining qay darajadagi jamoa ekanligidan dalolat beradi. O'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatmasdan ham yutadigan jamoalar soni u qadar ko'p emas. SHuningdek, o'yin boshlanishi arafasida Xedira, keyin esa Kramer maydonni erta tark etdi va Lyovning rejalarini chippakka chiqardi. Ammo Yoaxim Lyov bu vaziyatdan ham oqilona qarori bilan chiqib keta oldi. Umuman olganda, chempionlik nomiga Germaniya terma jamoasi to'liq haqli edi. Boshqacha bo'lishi adolatdan bo'lmasdi. Musobaqa davomida ham "nemis mashinasi" hammadan zo'r o'ynab kelayotgandi. Bizning futbol ushbu muvaffaqiyatni 24 yillik mehnati samarasi evaziga qo'lga kiritdi desak mubolag'a bo'lmaydi.
-Ramziy manoda aytadigan bo'lsak, oltin golni nemis futbolining oltin bolasi kiritdi...
-Ha, qo'shilaman. Ungacha Messi, Iguain va Palasioda undanda yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Lekin ular bu ishni uddalay olishmadi. Mario Gyotce esa o'zining ilk imkoniyatidan mohirlik bilan foydalana oldi. Kerakli paytda kerakli futbolchilar o'z ishlarini qilishlari zarur. Gyotce buni isbotladi.
Agarda etibor qaratadigan bo'lsak, Mario musobaqa avvalida asosiy tarkibda edi. Keyinchalik zaxiradan tushishni boshladi. Yoaxim Lyovning topqirligi ish berdi. "Sen o'zingni Messidan zo'rligingni isbotla", mana Yoaxim Lyovning Gyotceni maydonga tushirish arafasida aytgan so'zlari. Lyov zarur paytda o'zining ishonchli qurolidan foydalandi va tarixiy natijani qo'lga kiritdi.
-SHuningdek biz Messiga "Oltin to'p" topishirilganini ham ko'rdik.
-To'g'ri tushuning, men Messini hurmat qilaman. O'yinlaridan zavq olaman! Guruh bosqichida zo'r o'ynadi, gap-so'z yo'q. Gol urdi, assistentlik qildi. Lekin endi menga aytingchi, pley-offda nima karomat ko'rsatdi?
-Hech narsa.
-Aynan shunday. Bitta to'p uzatish va to'rt o'yinda 0 gol. SHumi supergoleador futbolchining natijasi? To'g'ri, jamoasi foydasi uchun ko'p intildi, harakat qildi. Lekin "Oltin to'p" sohiblari bundan yaxshiroq o'ynashlari kerak. Maydonda hamma harakat qiladi. Lekin bu sovringa loyiq o'yin ko'rsatish shart.
Messini o'zi ham sovrinni olishga borayotganida noloyiqligini sezib turdi. FIFA argentinalik muxlislarni ovutish maqsadida "Oltin to'p"ni Messiga topshirdi.
-Sizningcha "Oltin to'p"ga kim loyiq edi?
-Tomas Myuller! Ishoning, buni men nemis futbolchiligi uchun aytayotganim yo'q. Tomas Myuller butun turnir davomida kuchli o'yin namoyish etdi. Germaniyaning g'alabalariga o'zining katta xissasini qo'shdi. Kerakli gollarni, to'p uzatmalarni amalga oshirdi. Har bir o'yinda jamoasi foydasi uchun katta ishlarni amalga oshirdi. SHuningdek Robben ham zo'r o'ynadi. Ammo muhim bo'lgan yarim final bahsida jamoasiga yordam bera olmadi. Tomas Myuller esa Braziliya darvozasiga kiritilgan birinchi golga mualliflik qildi va dahshatli g'alabaga birinchilardan bo'lib zamin yaratdi.
-Keyingi Jahon chempionati siz sevadigan mamlakat Rossiyada bo'lib o'tadi...
-Ishonamanki, u chempionat ham shirin xotiralarga boy bo'ladi. Rossiyada bu kabi turnirlarni chiroyli qilib o'tkaza olishadi. Umid qilamanki, Rossiya terma jamoasi ham Braziliyadangiga ko'ra yaxshiroq ishtirok etadi. Ungacha Rossiyada yangi iqtdorlar etishib chiqishadi va mamlakat futbolini yangi pog'onaga olib chiqishadi.
Fikrlar