"Los-Anjeles Gelaksi" Ibragimovichning o'rniga uning sobiq jamoadoshi bilan shartnoma tuzmoqchi
14 noy 2019 21:45
Yangiliklar
"Los-Anjeles Gelaksi" Ibragimovichning o'rniga uning sobiq jamoadoshi bilan shartnoma tuzmoqchi
PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.
"Sky Sport Italia" jurnalisti Janluka Di Marcioning malumotiga ko'ra, "Los-Anjeles Gelaksi" 32 yoshli futbolchini Ibragimovichning o'rniga jamoaga olib kelmoqchi.
Urugvaylik forvardning PSJ bilan shartnomasi 2020 yil yozida yakuniga etadi va qishda klubini o'zgartirish imkoniyatiga ega.
Kavaniga shuningdek, Devid Bekxemning "Inter Mayami" klubi ham qiziqmoqda. Joriy mavsum Edinson Liga 1da 6 ta o'yin o'tkazdi va ikkita gol muallifiga aylandi.
Fikrlar