Loris qachon safga qaytishini aytdi

Mirjalol Normatov
15 noya 2019, 20:55
"Tottenxem" posboni Ugo Loris yanvar oyiga qadar safga qaytishni rejalashtirmoqda.

"Tiklanish jarayoni yaxshi kechmoqda. Maqsadim - yanvar oyida safga qaytish. Qaytishim yanvarning boshida o'rtasida yoki oxirida amalga oshadi. Ammo o'sha paytda ham biroz xavf borligini shifokorlar tushuntirishdi.

Faoliyatim davomida bunchalik katta pauza qilmaganman. Men uchun bu yangi holat. Oilam bilanman va o'z jismoniy holatimni ham yaxshilab boryapman", - dedi Loris.

32 yoshli Loris APL doirasida "Brayton"ga (0:3) qarshi o'yin vaqtida jiddiy jarohat olib, maydonni tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Get French Football News