Lorente: "Del Boske bilan muammoyim yo'q, ammo meni Ispaniya terma jamoasiga chaqirishmayapti"
10 noy 2014 13:19
Yangiliklar


Lorente: "Del Boske bilan muammoyim yo'q, ammo meni Ispaniya terma jamoasiga chaqirishmayapti"
"Yuventus" hujumchisi Fernando Lorente Ispaniya terma jamoasidan taklif olganida xursand bo'lishini aytdi.
"Milliy jamoaga qaytsam xursand bo'lardim, ammo qarorni murabbiy qabul qiladi. Del Boske va terma jamoa futbolchilari bilan yaxshi munosabatda bo'lganman. Ular bilan hech qachon muammo bo'lmagan. Milliy jamoaga chaqirishmaganining sababini bilmayman" - deydi Lorente.

Fikrlar