Lorenco Insine Rossiyaga ko'chib o'tishi mumkin
13 avg 2021 00:58
Yangiliklar
Lorenco Insine Rossiyaga ko'chib o'tishi mumkin
Lorenco Insine faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.
"Napoli" o'yinchisi Lorenco Insinega Rossiyaning "Zenit" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Football Italia nashrining xabar berishicha, "Zenit" futbolchini shu yozda o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Napoli" esa futbolchi uchun 25-30 mln evro talab qilmoqda. Insinega "Zenit"dan tashqari "Inter" va "Everton" klublari ham qiziqish bildirishmoqda. 30 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi esa keyingi yil o'z nihoyasiga etadi.
Eslatib o'tamiz, Insine o'tgan mavsumda A Seriyada 35 o'yinda maydonga tushib 19 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar