So’nggi yangiliklar

02:58ЛаЛига. "Реал" "Реал Сосьедад"га имконият қолдирмади  19 02:54Англия Кубоги. "Ливерпуль" қийинчиликсиз "Брайтон" тўсиғидан ўтди  2 02:43А Серия. Миланда драма: қизил карточка, 5та гол - "Derby d'Italia"да "Интер" ғолиб!  19 00:58Рафинья сафга қайтишга яқин  1 00:42"Ньюкасл" камбэк амалга ошириб, "Астон Вилла"ни Англия Кубогидан чиқариб юборди  3 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалабага эришиб, 2-ўринга қайтди. Роналдудан навбатдаги гол!  5 23:47Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити" - "Салфорд Сити" учрашуви энг яхши футболчиси деб топилди  4 23:32Илҳом Абдуғаниев воҳа клуби билан шартнома имзолади  2 23:16УЕФА президенти Қозоғистонда сайланади  5 22:57Расман: "Металлург" Азим Аҳмедов билан шартнома имзолади  3 22:48Харри Кейн фаолиятидаги юбилей голини урди  2 22:26Германия. "Байер" ва "Бавария"дан йирик ғалабалар  1 22:11ОКМК Россия жамоасига имкониятни бой берди  0 21:50Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  54 21:40"Шўртан" Тожикистон клуби билан муроса кўчасини танлади  0

"Istefoni men hal qilmayman" - Lopetegi ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Istefoni men hal qilmayman" - Lopetegi ishtirokidagi matbuot anjumani

Teglar :  RealXulen Lopetegi
"El Klasiko"dagi 1:5 hisobida uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi shunday fikrlarni bildirdi.

"Barselona" maydonida qattiq mag'lubiyatga uchradik. Biz o'yin tizginini boshqa yo'lga burib yubora olishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Gol urib, qaytish qilishimiz mumkin edi. Ammo Suaresning goli barcha illyuziyalarni chippakka chiqardi. Natija o'yinga mos emas, ammo bu bilan tinchlanib bo'lmaydi.

Jaxlim chiqmoqda. Kiyim almashtirish xonasida ham shunday kayfiyat hukmron. Ammo bizda kuch bor, hozir endigina oktyabr oyi. Mavsum davomida xatolarni to'g'rilash uchun vaqt ko'p. Jamoaga mutlaq ishonaman. Jamoani yana top-darajaga olib chiqishga harakat qilaman. Kelajagim borasidagi qarorni esa rahbariyat chiqaradi.

O'z futbolchilarimni oldin ham, keyin ham, hozir ham tanqid qilmayman. Buni mendan kutmang. Men bu orqali futbolchining ruhiyatiga bosim o'tkazmayman. Futbolchi jismoniy jihatdan qanchalik kuchli ekanligini ko'rsatsa, ruhiy taraflama ham huddi shuncha ustun bo'lishi lozim.

Tarkibdan nolimayman. Ammo men sizlarga aprel yoki may oyigacha kutishingizni istayman. O'tgan uch hafta biz uchun og'ir o'tdi va o'zimizga dars oldik..... G'alati o'yin, "Barselona" juda kuchli o'ynadi.

O'yinga qayta olardik. Ammo uchinchi gol o'tkazib yuborilganidan keyin, o'yin tugadi. Bungacha biz tartibli o'yin ko'rsatayotgandik.

Sportda har doim omadsizlik jamoaning bosh murabbiyiga yuklanadi. Ishonaman, noyabr oyining oxirlariga borib, "Real" faqatgina bayram qiladi", - dedi Lopetegi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика