Lopes: "Ikardini Nara yo'ldan urmoqda"
14 iyu 2019 21:29
Yangiliklar


Lopes: "Ikardini Nara yo'ldan urmoqda"
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Maksi Lopes vatandoshi Mauro Ikardini o'zining sobiq rafiqasi Vanda Naraga uylanganiga tanqid qildi.
"Bizda sud qarori bor, ammo u buni umuman bajarmagan. Mauro va Vanda menga bolalarim bilan ko'rishgani qo'yishmayapti. So'nggi bir yilda men ularni atigi ikki marta ko'rdim. Vanda bilan gaplashmoqchi bo'lsam, doimo gapni ijtimoiy tarmoqqa sotaveradi. SHu boisdan uzoq muddat u bilan gaplashganimcha yo'q.
Mauro va Vanda meni hurmat qilishmaydi. Menimcha Nara eri Ikardini yo'ldan urmoqda. Mauroga ota bo'lsang, tushunasan deb aytgandim va u har doim aloqani uzib qo'yaverdi", - dedi Lopes.
Lopes va Nara o'rtasida 3 farzand bor. SHuningdek, Nara Ikardidan ham bir farzandli bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar