Londonda afsonaviy stadion bilan qanday xayrlashishdi? (Foto + Video)
17 may 2017 21:48
Yangiliklar
Londonda afsonaviy stadion bilan qanday xayrlashishdi? (Foto + Video)
O'sha bahsda "shporlar" "Manchester Yunayted"ni 2:1 hisobida taslim etishdi. "Qizil iblislar"ga qarshi bellashuv "Tottenxem" uchun "Uayt Xart Leyn"dagi so'nggi uchrashuv bo'lib tarixda qoldi.


"Tottenxem" jamoasi "Uayt Xart Leyn"da 1899 yildan beri uy uchrashuvlarini o'tkazib kelayotgan edi.

Afsonaviy stadiondagi so'nggi uchrashuvda londonliklar Angliyaning eng ko'p karra chempionlari - "Manchester Yunayted"ni Viktor Vanyama va Xarri Keynlarning gollari evaziga mag'lub etishdi.

Uchrashuv yakunlangach, qadrdon stadion bilan xayrlashish marosimi bo'lib o'tdi.


"Tottenxem" afsonalari (chapdan o'ngga) - Martin CHivers, David Jinola va Mark Falko.

SHu kuni xayrlashuv marosimida "shporlar" tarkibida to'p tepgan sobiq yulduzlar ham qatnashishdi.

Marosim yakuniga etmasdanoq muxlislar o'zlarini ushlab tura olishmadi va maydonga tushib ketishdi.


Muxlislar esdalik uchun maydon chimidan bir parchadan yulib olishdi.







Qadrdon stadion bilan xayrlasha turib juda ko'pchilikning ko'zlariga yosh to'ldi.




London afsonaviy stadion bilan shu tariqa xayrlashdi. Endi "Uayt Xart Leyn" tarixda qoldi. Ayni kunda stadion buzilmoqda. Jamoa keyingi mavsumda uy uchrashuvlarini "Uembli"da o'tkazadi. 2018 yildan esa 61000 tomoshabinga mo'ljallangan yangi stadionga ko'chib o'tadi.
Quyida o'sha kuni stadionda bo'lgan muxlislarning holatini biroz bo'lsada his etishingiz uchun kichik videoni joylaymiz.
TAS-IX emas
"Tottenxem"ning yangi stadioni haqida (FOTO+Video)
FOTO. “Uayt Xart Leyn” stadionining buzilishi boshlandi
Xorij manbalari asosida Tolibjon Qosimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar