London klublari qiziqayotgan serbiyalik futbolchi klubi bilan shartnomasini uzaytirdi
20 avg 2021 17:30
Yangiliklar
London klublari qiziqayotgan serbiyalik futbolchi klubi bilan shartnomasini uzaytirdi
"Fiorentina" himoyachisi Nikola Milenkovich klub bilan shartnomasini uzaytirdi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 23 yoshli serbiyalik bilan tuzilgan bitim 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq, Milenkovichga Londonning "Vest Xem" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Futbolchi o'tgan mavsum 37ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar