So’nggi yangiliklar

16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  3 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  29 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  15

London klubi o'qsiz avtomatga o'xshatilmoqda Yangiliklar

London klubi o'qsiz avtomatga o'xshatilmoqda

Kecha ECHL doirasida Londonning “Tottenxem” klubi Germaniyada “Leypcig” mehmoni bo'ldi va yirik hisobda mag'ubiyatga uchradi (0:3).

Uchrashuvdan so'ng “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand “shporlar” bosh murabbiyi Joze Mourinyoni keskin tanqid qildi.
“Hozir londonliklarning kayfiyatiga havas qilib bo'lmaydi. Allining bildirgan hissiyotlarini tushunib turibman. Qizig'i, u alamli mag'lubiyat haqida gapirmadi, balki jamoaviy o'yin darajasining pastligiga asosiy urg'u berdi. Muxlislar ham o'zlari kutgan murabbiyni maydonda ko'rmayotganliklaridan norozi.
Lukas Moura va Deli Alli hujumchilarsiz chiziqda asosiy vazifani bajarishlariga to'g'ri keldi. SHu kuni “Tottenxem”ning o'yini o'qsiz avtomatga o'xshab ketdi. Son Xyon Min eng kerakli vaziyatda jamoasiga yordam bera olmadi. Ular nima qilayotganlariga o'zlari ham tushunishmadi. To'g'risi, bu jamoada Jozening kelajagini ko'rolmayapman. Har bir klubning o'z oldiga qo'ygan ulkan rejalari bo'ladi. Bu esa ko'p faktorlar bilan futbolchilarga, ayniqsa hujumchilarga bog'liq. Tan olish kerak, Keyn va Sonning yo'qligi jiddiy kamchiliklarni keltirib chiqarishi kutilayotgandi. Lekin bu hammasi tugadi degani emas-ku. Bo'sh poziciyalarni etarlicha to'ldirishning har doim iloji bo'lgan va bu borada endi murabbiylar shtabi katta sahnaga chiqishi kerak edi.
To'g'ri, futbolchilar ijtimoiy tarmoqlarni kuzatishadi, matbuot anjumanlarida qatnashishadi, ammo ular bilan maydonda ishlash boshqacha effekt beradi. Maydonda murabbiy kerak bo'lsa, futbolchilardan ham ko'proq ishlashi kerak. Mourinyuda esa men bu hislatlarni ko'rmayapman. U “shporlar”ning o'yin uslubiga umuman mos kelmaydi deb o'ylayman. Aksincha, uning kechagi raqibi Negelsman to'g'risida ancha iliq fikrlarni aytish mumkin. 32 yosh bo'lishiga qaramay, u “Leipsig” tarixidagi eng yaxshi natijaga erisha oldi”, - deydi Ferdinand.
Malumot uchun, londonliklar barcha turnirlarda ketma-ket 6 o'yindan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelishmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика