London klubi Ivanovichga taklif tayyorladi
30 iyu 2020 18:23
Yangiliklar
London klubi Ivanovichga taklif tayyorladi
"Zenit" sobiq himoyachisi Branislav Ivanovich Angliyadan yana bir taklif oldi.
36 yoshli serbiyalik "qariya"ni Londonning "Vest Xem" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Klub rahbariyati o'yinchi bilan muzokaralar olib borishgan va unga taklif tayyorlashgan.
Oldinroq, Branislav Ivanovichga APLning yana bir vakili - "Everton"dan ham qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar yangragan edi.
Ivanovich 2017 yildan beri "Zenit" sharafini himoya qildi. Futbolchi klub safida jami 125ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar