London klubi Insinega qiziqish bildirmoqda
17 avg 2021 12:53
Yangiliklar
London klubi Insinega qiziqish bildirmoqda
Italiya terma jamoasi tarkibida Evropa chempioniga aylangan hujumkor yarim himoyachi Lorenco Insine "Napoli" bilan xayrlashishga yaqin.
Klub shartnomasi yakunlanayotgani sabab ushbu yozda o'yinchini sotishi mumkin.
30 yoshli vingerda faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish varianti bor. Uning xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda.
Insine - "Napoli" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U bosh jamoa libosida 2012 yildan beri o'ynaydi. Lorenco o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol urishga erishdi.
Fikrlar