So’nggi yangiliklar

14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  0 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  0 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  0 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  0 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  8 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  1 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  6 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  11 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1

"Lokomotiv"ning yangi futbolchilari qaysi raqamlarda o'ynashadi? Yangiliklar

"Lokomotiv"ning yangi futbolchilari qaysi raqamlarda o'ynashadi?

Teglar :  Lokomotiv
20 fevral kuni Toshkentning “Lokomotiv” klubi 2016 yilgi mavsum oldidan o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

“Temiryo'lchilar” 4 nafar yangi futbolchini o'z saflariga ko'shib olishdi. O'zbekiston terma jamoasining uzoq yillik sardori Server Jeparov 6 yillik tanaffusdan so'ng yana oliy ligaga qaytdi. Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni chempionatlaridan to'p tepgan yarim himoyachi “Lokomotiv” safida 8-raqam ostida harakat qiladigan bo'ldi.

Oxirgi yillarni “Paxtakor” safida o'tkazgan Kaxi Maxaradze ham 2016 yilgi mavsumni “Loko”da boshlaydi. Gruziyalik futbolchi O'zbekistonga kelganida dastlab “Lokomotiv” tarkibida o'ynaganini ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. Futbolchi “temiryo'lchilar” tarkibida 5-raqamda o'ynaydi.

Malayziya ligasida faoliyat olib borgan Sadriddin Abdullaev ham “Lokomotiv” uchun begona emas. Xorijga yo'l olishdan avval futbolchi aynan shu klub sharafini himoya qilgan. Yarim himoyachiga 7-raqamli futbolga topshirildi.

“Mashal” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan SHerzod Fayziev bu yildan etiboran “Lokomotiv” sharafini himoya qiladi. 24 yoshli himoyachi Toshkent klubi safida 37-raqamda o'ynaydigan bo'ldi.

“Lokomotiv” safini qishda SHavkat Mullajonov, Ibrohim Rahimov, Lutfulla To'raev va Dilshod Rahmatullaev tark etishdi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика