"Lokomotiv"ning OCHLdagi raqibi ruminiyalik futbolchini sotib oldi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2017, 16:28
Saudiya Arabistonining "Al Taavon" klubi 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasida O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" bilan bir guruhdan o'rin olgan.

"Al Taavon" o'z safini Ruminiya terma jamoasi a'zosi Lusian Sanmartean bilan to'ldirib oldi. 1980 yil tug'ilgan hujumkor yarim himoyachi Ruminiya terma jamoasida 21ta o'yinda maydonga tushgan. 2015 yil Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi safida faoliyat olib borgan Sanmarteanning oxirgi klubi "Panduri Targu Jiu" bo'lgandi. U 2016 yilgi Yevropa chempionatida ham Ruminiya terma jamoasi safida o'ynadi.

Ma'lumot uchun, "Al Taavon"ni ruminiyalik murabbiy Konstantin Galcha boshqarib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" OCHL guruh bosqichi 1-turini Saudiya Arabistonida aynan "Al Taavon"ga qarshi o'tkazadi. Bu o'yin 20 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Chapda Konstantin Galcha, o'ngda Lusian Sanmartean

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia