

Bunga Janubiy Koreyada yashayotgan o'zbekistonlik Otabek Yo'ldoshev o'z munosabatini bildirdi.
"Cho Suk Jae emas - Cho Sok Je bo'ladi. O'tgan mavsum Janubiy Koreyaning pastki ligasi - K-liga Chellenjda 10ta jamoa orasida 7-o'rinni olgan "Anyang" klubida o'ynagan. Statistikasi: hujumchi bo'laturib, 28ta o'yinda atigi 7ta gol urgan", - deb yozadi Otabek Yo'ldoshev tvittyerdagi o'z sahifasida.




