"Lokomotiv"ga chempionlik uchun mukofot pullari o'tkazib berildi
18 mar 2019 15:34
Yangiliklar


"Lokomotiv"ga chempionlik uchun mukofot pullari o'tkazib berildi
2018 yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli o'rinlarni egallagan futbol klublariga mukofot pullari vada qilgan edi.
Professional futbol ligasi klublar bo'ynidagi qarzdorlik masalalari hal bo'lishiga qarab, rag'batlantiruvchi mukofot pullarini o'tkazib borishni rejalashtirgan.
Natijada "Paxtakor", "Navbahor", "Sevinch" futbol klublari o'tgan mavsum yakunlari bo'yicha qo'lga kiritgan o'rinlari uchun mukofot pullarini qabul qilib olishdi.
Superliga-2018 yakunida mamlakat chempionligiga sazovor bo'lgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi hisob raqamiga ham oltin medallar sohibiga vada qilingan 1 milliard so'm mukofot puli o'tkazib berildi.
Qayd etish joiz, O'zbekiston Professional futbol ligasi qolgan barcha klublarga ham vada qilingan mukofot pullarini bosqichma-bosqich o'tkazib berish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar