“Lokomotiv”ga berilgan ikkinchi zarba yoxud Abramov oldida ikkita vazifa qoldi
09 mar 2014 10:03
Yangiliklar

“Lokomotiv”ga berilgan ikkinchi zarba yoxud Abramov oldida ikkita vazifa qoldi
Toshkentning “Lokomotiv” klubi bu yil hisobidan endi ikkita rasmiy bahs o'tkazdi.
Jamoa joriy mavsumdagi birinchi o'yinini 8 fevral kuni OCHL pley-off bosqichi doirasida “Quvayt SK”ga qarshi o'tkazib, 1:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. Ikkinchi rasmiy uchrashuvni “temiryo'lchilar” kecha O'zbekiston Superkubogida “Bunyodkor”ga qarshi o'tkazishdi va bunda ham mag'lubiyatga uchrashdi. Faqat hisob 1:2 ko'rinishini oldi.
Qizig'i, har ikkala bellashuvda “Lokomotiv” mezmon sifatida harakat qildi: ham “Paxtakor”da, ham “Jar”da – garchi hech biri “Loko”ning uy stadioni hisoblanmasa-da. Bu ham mayli, jamoa uchun har ikki uchrashuv ham yakun bo'lganini aytmaysizmi. Klub OCHLda yutqazdi va musobaqani tark etdi, Superkubokda imkoniyatni boy berdi va kuboksiz qoldi. Albatta, bu “Loko” uchun og'ir zarba bo'lgani aniq. Umuman olganda, “Lokomotiv”ning bir qancha “yulduzlar”ni yig'ib olgan bo'lishiga qaramay, JAMOA sifatida shakllanishiga, JAMOA sifatida o'yin ko'rsatishiga hali bor ekan. Klub yangi bosh murabbiyi Vadim Abramovning tayinli o'yin uslubini yo'lga qo'yib olishi uchun ancha mehnat qilishiga to'g'ri keladi.
Kechagi o'yinda “Bunyodkor” ortiqcha qiynalmasdan g'alaba qozondi. “Qaldirg'ochlar” Osiyo miqyosida ko'plab katta o'yinlarni ko'rishdi va ular uchun Superkubokda ishtirok etish yangi qadaam bo'lmadi. “Lokomotiv”da esa hayajon sezilib turdi. Mirjalol Qosimov garchi o'yindan oldingi matbuot anjumanida kamtarona gapirgan bo'lsa-da, oriyatli emasmi g'alaba qozonish uchun bor kuchni ishga soldi. O'z navbatida Abramov ham yutishni istadi, lekin tan olish kerak, shu kuni “Bunyodkor” raqibdan kuchli ko'rindi.
Xullas, o'tgan bir oy ichida “Lokomotiv” ikkinchi zarbani qabul qilib oldi. Aytib o'tganimizdek, birinchisida klub OCHL bilan xayrlashdi, ikkinchisida Surperkuboksiz qoldi. (“SHum bola” kinosida aytadi-ku, birinchi zarbda tizzasigacha, ikkinchi zarbda beligacha...) Mana endi klub va Abramov oldida yana ikkita vazifa qoldi: oliy liga chempioni bo'lish va O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish. Menimcha, Abramovni ikkinchi o'rin ham qoniqtirmaydi. SHunday katta klub bilan birinchi bo'lishga harakat qilishi tabiiy hol. Faqat bu ikki vazifani bajarishni “Lokomotiv” uddalay olarmikin. Bu esa kuzda malum bo'ladi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar