So’nggi yangiliklar

19:18Суперлига-2025. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  0 19:00АПЛ. "Ливерпуль" чемпионат аутсайдерининг уйида меҳмон бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  3 18:25Суперлига. «Сўғдиёна» «Локомотив»ни қийинчиликсиз мағлуб этди ва учинчи ўринга кўтарилиб олди  7 18:16Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Қосимпошо" билан дуранг ўйнади, Турғунбоев бир бўлим ҳаракат қилди  2 18:04Февзи Давлетов: "Бу "Металлург" ютиши шарт бўлган ўйин эди"  2 17:28Холанд "Манчестер Сити" бўйича қарор қабул қилди  1 16:53Суперлига. «Металлург» мавсумдаги иккинчи ғалабасини қўлга киритиб, элитада қолиш имкониятини сақлаб қолди  11 16:08Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин  6 15:26МЮ ва "Ман Сити" Гёкереш учун курашга киришмоқда, клублар 65 млн фунт тўлашга тайёр  4 13:38"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади  5 13:04Анчелоттининг ўрнини Солари эгаллаши мумкинмиди?  10 12:38"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман"  3 12:04Серхио Рамос АПЛда ўйнаши мумкин?  5 11:28"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди  4 11:01«Бавария» Флориан Виртц учун қанча пул сарфлашга тайёрлиги маълум  1

“Lokomotiv”dagi qiyin vaziyat yangilik emasdi, "Qo'qon-1912"da bu bosqichdan o'tgan edim”. Timur Kapadze bilan katta intervyu Yangiliklar

“Lokomotiv”dagi qiyin vaziyat yangilik emasdi, "Qo'qon-1912"da bu bosqichdan o'tgan edim”. Timur Kapadze bilan katta intervyu

Ikkinchi davrada “Lokomotiv”ga taklif qilingan Timur Kapadze qisqa fursatda jamoani qiyin holatdan olib chiqib ketdi.

Birinchi davraga qaraganda jamoa o'yinida ijobiy tomonga o'zgarishlar ko'zga tashlandi. Taktik va pozicion jihatdan futbolchilarda qisman o'sish bo'ldi. Bundan shuni bilish mumkinki, Timur Kapadzeni qisqa vaqt ichida natija keltira oladigan murabbiylar toifasiga kiritishimiz o'rinlidir. O'tgan mavsum ikkinchi davrada “Qo'qon-1912”ga ham yordamini ayamagan murabbiy yakunda jamoani elitada qolishida munosib hissa qo'shgandi. Biz esa mavsum yakunlari bo'yicha Timur Toxirovichni suhbatga chorladik. Intervyu O'zbekiston yoshlar terma jamoasining yig'ini boshlanishidan bir necha kun oldin tashkil qilindi.


- Mavsum o'rtasida va qiyin pallada "Lokomotiv"ni qabul qilib oldingiz. Bunday paytda hech bir murabbiyga oson bo'lmaydi, chunki boshqa bir mutaxassis shakllantirgan jamoa boshqaruvini qo'lga olish va ruhiy chuqurlikdan olib chiqish uchun yaxshigina mehnat talab qilinadi...

- Albatta, "Lokomotiv" taklif qilganda jamoa qiyin holatda edi. Lekin, bundan avval ham aniqrog'i "Qo'qon-1912"da ham shunday vaziyatga duch kelganimni aytib o'tsam. Bu men uchun qaysidir manoda yangilik edi desam noto'g'ri bo'lmaydi. "Lokomotiv"dagi vaziyat esa yangilik emasdi, boisi Qo'qonda bu bosqichdan o'tgandim. Har bir murabbiy biror jamoaga kelganda o'yinni yo'lga qo'yish va futbolchilarni imkoniyatini bilib olish uchun vaqt kerak bo'ladi, mening holatimda esa aksi kuzatildi. Oldimda hech qancha vaqt qolmagandi. Jamoadagi bor o'yinchilar bilan o'yinni yo'lga qo'yishim talab etilardi. "Qo'qon-1912"da ikkinchi davra boshlanganda jamoaga keldim, birinchi davrada bir marotaba g'alaba qozonishgandi. U erda ham jamoaga yordam berishga qaror qildim. Murabbiy sifatida o'sishim uchun ham bu yaxshi imkoniyat hisoblanardi. Deylik o'tirib o'yinlarni ko'rib tahlil qilib ham o'z ustida ishlash mumkin, lekin uni amaliyotda qo'llash boshqa narsa. Amaliyotda ishlash barobarida xato va kamchiliklarni ko'rib olish imkoni bo'ladi va bilgan narsalarimni yanada mukammallashtira olaman. "Lokomotiv"dan chorlov tushganida menda qisman bo'lsa ham ko'nikma, jamoani qiyin vaziyatdan qanday olib chiqib ketish borasida tasavvur shakllangandi. Ketma-ket mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolgan, ruhiy tomondan ham ichki muhitda muammo bo'lgan jamoadagi muammoni topishim kerakligini bilardim. 

"Loko"dagi yigitlarning ko'pini taniyman, bilaman. O'zim ham vaqtida birga to'p tepganman. Qo'qonda esa ularning nimalarga qodirligini yaqindan bilmasdim. Lekin, mashg'ulotlar jarayonida futbolchilarning salohiyatini ko'ra oldim. Qo'qonda yaxshi jamoa shakllangandi, o'yinlari ham yomon chiqmayotgandi. Qaerdadir xatolar qilib gol qo'yib yuborishmoqda, yana qaerdadir taktik tomondan kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda. Vazifam mana shu kamchiliklarni topish edi. SHuning ustida ishlashni boshladik. Bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Men Qo'qondagi holat haqida gapirmoqdaman. Taktik tomondan esa uchta himoyachi bilan o'ynatdim. Jamoa hujum qilayotganda qarshi hujumlardan ko'p gol o'tkazib yuborayotgandi. Uchta himoyachi sxemasidan foydalanish samara berdi. Jamoa mag'lub bo'laversa ichki muhitda ham muammolar yuzaga keladi. Bitta yoki ikkita o'yinda bu narsa bilinmasligi mumkin. G'alaba qozonayotgan jamoada ruhiy jihatdan ichki muhit alo darajada bo'ladi. "Lokomotiv" futbolchilarini ham ruhiy tushkunlikdan chiqarishim kerak edi. Qanday qilib? Kerak bo'lsa individual gaplashdim, qanday jamoada o'ynayotganini aytdim, o'ziga bo'lgan kuchga ishontirdim. Mana shu jarayon katta rol o'ynadi. 

- "Lokomotiv" taklifini qabul qilishingizga yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining qoldirilgani ham sabab bo'ldimi?

- Bu jamoaga kelmasligim ham mumkin edi. Osiyo chempionati qoldirilgandan so'ng yordam berishni lozim topdim. "Lokomotiv" yillar davomida o'zining obro'siga ega bo'ldi. Doim chempionlik uchun kurashdi, o'tgan yillarda tarixdan joy oldi. SHunday jamoaning qiyin holatda qolgani meni etiborsiz qoldirmadi. Associaciya rahbarlari ruxsat bersa yilning oxirigacha ishlab berishimni aytdim. Avvalo bu o'zim uchun ham kerak edi. Pandemiya paytida ish biz istagandek bo'lmadi. O'yda ko'p o'tirdik. Futbolda ham to'xtalishlar bo'ldi, yoshlar terma jamoamizning rejalari butunlay o'zgarib ketdi. Yarim yilni ishsiz o'tkazdik. CHempionat o'yinlarini kuzatdim, selekciya ishlarini olib borish bilan mashg'ul bo'ldim. Murabbiy baribir ish jarayonida bo'lishi kerak deb o'ylayman. Boisi, futbol kundan kunga o'zgarmoqda. Kechagi taktika bugun ish bermaydi. Har qadamda yangilik. Evropada ham jamoalar bir uslubda o'ynamoqda, ammo ularga qarshi chiqayotgan jamoa ham turli taktikalarni ishga solmoqda. Jamoani "chuqurlik"dan olib chiqib keta olaman deb hech kim oldindan ayta olmaydi. O'zimga ishonardim, ichki ishonch bor edi. Rahbariyat taklif bilan chiqqanda ikkilanmasdan rozilik berdim. Yig'inlar o'tkazmaganim sababi yoshlar terma jamoasiga nomzod futbolchilarni mavsum qizigan pallada o'z jamoalarida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishlarini istadim. Menimcha bu to'g'ri qaror. “Lokomotiv” birinchi davrada qator mag'lubiyatlarga uchradi, ayniqsa yirik mag'lubiyatlar, "Paxtakor" va "Nasaf" bilan uchrashuvlardagi muvaffaqiyatsizliklar va hokazo. Bilsangiz, mag'lubiyat bilan mag'lubiyatni farqi bor. Jamoaning o'yinlarini ko'rib chiqdim, qisqa vaqt ichida "Andijon" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Ularda ham xuddi bizga o'xshash vaziyat edi. 

Rahbariyat va murabbiylar o'zgarganidan so'ng jamoada qandaydir ishonch paydo bo'ladi. Tajribamdan kelib chiqib yigitlarga tushuntirishga harakat qildim. Ruhiy va jismoniy holat, futbolchidagi ishonch, xoxish ko'p narsani aniqlab beradi. O'yin biz istagandek chiqmasligi mumkin. SHu bois o'z imkoniyatimizdan foydalanishimiz kerakligini aytdim. Futbolchidagi bosim ham qaysidir joyda halaqit qiladi. Erkin o'ynolmaydi, vaziyatlarda to'g'ri qaror chiqarolmaydi. "Andijon" ham borini berdi, biz esa ikkinchi bo'limda jarima zarbasidan foydalanib g'alaba qozondik. Futbolchilarga bu g'alaba ishonch bag'ishladi. O'yindan o'yinga men ham, futbolchilar ham o'sib bordi. Mening qarashlarim shundayki, ko'p nazariy mashg'ulotlar olib boraman, har bir o'tkazgan o'yinimizni mayda detallarigacha muhokama qilamiz. Hozirgi kunda futbolchi vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qila olishi kerak. Mashg'ulotlarda ham o'yindagi kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz. Hatto mashg'ulotlarimni ham videotasvirga oldiraman. Sababi o'zimga kerak, tahlil qilaman. Yana qanday kamchiliklar bor, qaysi vaziyatda nima qilish kerakligini ko'rib olaman. So'ng buni jamoa bilan muhokama qilaman va nazariy mashg'ulotlarda futbolchilarga tushuntiraman. Futbolchilarning o'ziga savol beraman, xatosini ko'rsataman. SHu orqali ish jarayoniga ularning etiborini jalb qildim. 

Meni tashvishlantirayotgan narsa futbolchilar bajarib bera olish yoki olmasligida. Ko'p narsa sifatga ham bog'liq. Masalan, siz shu futbolchidan yaxshiroq bo'lsangiz, o'sha vaziyatdan chiqib keta olasiz. Yo'q, xudoga shukur yigitlar bajarishdi. Yoshlarga ham imkoniyat berdim, qolganlarga ham o'yin amaliyotisiz qolib ketmasligini taminladim. Xatolar ham bo'lmadi deya olmayman. Muhimi shu xatolar ustida ishladik. Tahlil qildik. Eng asosiy narsa jamoaning birdek o'ylashi. Maydonda to'psiz va to'p bilan birgalikda harakat qilishni bilish kerak. Masalan, to'p menda bo'lsa siz nima qilishingizni bilmasligim mumkin. Agar jamoaviy o'yin shakllansa futbolchini o'zi ham o'ylaydi, qaerda ochilish kerak, yana qaerda to'pga etib borish kerakligini oson ilg'ab oladi. Futbolchilarning fikrini vaziyatlarda to'g'ri qaror chiqarishga yo'naltirdim. Men o'yindan oldin bunday o'ynaysan, unday tepasan deb aytganim bilan uchrashuv davomida vaziyat umuman boshqacha tus olishi mumkin. Bir futbolchi to'p bilan bo'lsa, uning sherigi boshqa zonada bo'ladi. Futbolchi maydonda o'zi o'ylab harakat qilishi zarur. Vaziyat doim har xil kechadi. To'psiz qolgan futbolchi qanday harakat qilishni bilishi lozim. SHuningdek raqibni ham hisobga olish kerak. Agar o'yinga raqib mana shunaqa o'ynaydi deb tayyorgarlik ko'rsak, u boshqacha o'yin taklif qiladi. Yigitlar o'yindagi vaziyatdan kelib chiqib qaror chiqarishni o'rganishi joiz. Men har bir o'yindan oldin futbolchining oldiga vazifa qo'yaman. SHunchaki maydonga chiqib o'ynash emas vazifani ham bajarishi shart. SHu orqali o'yinni tezda yo'lga qo'yishga harakat qildik. Ikkinchi davrada hech bir jamoaga o'yin borasida mag'lub bo'lmadik. Mag'lubiyatga ham uchradik, duranglar ham qayd etildi. Lekin, o'yin borasida hech kimdan ortda qolmadik. Kerak bo'lsa ustun ham keldik. Futbolchilar ruhiy va jismoniy tayyorgarlikdan tashqari taktik tomonda ham aqlli bo'lishini talab qilaman. Jamoa bilan birgalikda o'zim bilgan narsalarimni yanada o'zlashtirdim, o'rgandim. Uch oy ichida ko'p narsaga ega bo'ldim. CHunki uch oy oldingi qarashlarim bugun to'g'ri kelmasligi mumkin. Endilikda terma jamoaga ham eski qolib ketgan narsa bilan emas yangilik bilan kelaman. Aytganimdek futbol joyda turmayapti. Nafaqat futbolda balki boshqa sohalarda ham ishlamay qo'ysangiz ishlayotgan odam sizni bosib o'tib ketadi. Murabbiylar shtabi bilan birgalikda jamoani murakkab ahvoldan olib chiqib ketdik. Meni tushungani uchun futbolchilarga ham rahmat aytaman. "Lokomotiv" degani bu sen degani, sen shu jamoani azosisan, demak klub imiji uchun harakat qilishing kerak. 


To'g'risini aytaman murabbiylik qiyin kasb. Futbolchi birinchidan o'ziga javobgar, u ruhiy va jismoniy tomondan tayyor bo'lsa murabbiyning ko'rsatmalarini maydonda bajara oladi. Murabbiy butun jamoaga javob beradi. Ertaga qanday mashg'ulot qilishni, futbolchilarni o'yinga tayyorlashni o'ylaydi. Jamoani jismoniy tomondan hozirlash ham eng asosiy jihatlardan biri sanaladi. Agar futbolchi jismonan tayyor bo'lsa texnikasini, tezligini ko'rsatadi. Buning ustida albatta murabbiy ish olib boradi. Taktikalarni ishlab chiqadi. Murabbiyga juda qiyin. Futbolchi xotirjam o'yinni o'ylab keladi mashg'ulotga. Murabbiy esa 24 soat jamoasini o'ylaydi. Agar kechasi uxlaganimda tushimga kirmasa qolgan payt faqat ish jarayonida bo'laman. SHu bois murabbiylikning mauliyati yuqori, har bir murabbiyning obro'si qayd etgan natijalari bilan yuksaladi, natijalari bilan darajasi ko'tariladi. O'zbekistonda yaxshi murabbiylar ko'p. Istardimki, murabbiyga borgan jamoasida sharoitlar yaratib berilsin. CHunki, 3-4 jamoani hisobga olmaganda balki undan ham ko'p jamoalar mashg'ulot bazasiga ega. Ovqatlanishi, maydoni, maoshi umuman barcha sharoitlar bor. Murabbiy keladi faqat o'yinga tayyorgarlik ko'radi. Lekin, qolgan jamoalarda murabbiylar boshqa muammolar bilan ham to'qnash keladi. U mashg'ulotdan tashqari ovqatlanishni o'ylaydi, nazariy mashg'ulotga joy topishi kerak, maydon, safarlar kabi ko'p narsaga chalg'iydi. Aslida uning ishi jamoasini o'yinga tayyorlash. Afsuski, futbolimizda bu kamchiliklar bor narsa. To'g'ri hamma jamoada emas, ayrim jamoalarda murabbiyning fikri boshqa narsalarga ham bo'linadi. Tashkiliy ishlar bilan shug'ullanadi. Qilmasa bo'lmaydi, jamoaga zarur shular. Natija uchun u javobgar. Agar jim yursa natija o'xshamasa murabbiy aybdor bo'lib qoladi. Maksimal darajada bo'lmasada minimum o'ziga sharoit yaratib olishi lozim. Har doim bu o'z qo'lida bo'lmaydi.

Klublarimiz shu tomondan proffessional va har tomonlama yaxshi bo'lsa futbolimiz ham o'sadi. Mayli, asosiy jamoalar bir ilojini qilib imkoniyat topishmoqda. Lekin o'rinbosarlar jamoalaridagi holat haqida terma jamoaga kelgan futbolchilardan so'rasam hayron qolaman. CHunki yoshlar terma jamoasining aksariyat futbolchilari o'rinbosarlar tarkibida to'p tepadi. Kamchiliklar juda ko'p. Ovqatlanish masalasi, maydonlar, mashg'ulot jarayonlarini olaylik deyarli hamma narsada kamchilik bor. Bunday omillar yoshlarning o'sishiga to'sqinlik qiladi. SHaroit bo'lmaganidan keyin murabbiy ham yaxshi ishlay olmayotgandir. Bu erda omillar etarlicha. Yoshlarimiz, bolalarimiz uchun sharoitlarni to'g'irlab berishimiz kerak, kelajagimiz ularning qo'lida. Yosh murabbiylar o'sishi uchun o'z ustida ishlashdan to'xtamasligi darkor. Har doim izlanish, intilish kerak. Bitta narsani bilaman deb to'xtab qolish to'g'ri bo'lmaydi. Eski malumot bilan uzoqqa bora olmaysiz. Yosh murabbiylar bolalarga, yosh futbolchilarga poydevorini qo'yib bermoqda. Agar poydevor qanchalik mustahkam bo'lsa qolgan natijalar ham shunga qarab o'zgaradi. O'rinbosarlar jamoalarida faoliyat olib borayotgan murabbiylarimizdan o'z ustilarida ishlashni so'rab qolaman. Bu esa milliy terma jamoaga va qolgan yosh toifasidagi terma jamoalarga foyda keltiradi. Yaxshi saviyadagi futbolchilar etishib chiqsa raqobat kuchayadi. Ishlar qilinmayapti demagan bo'lardim, amalga oshirilmoqda, ijobiy o'zgarishlarga qo'l urilmoqda. Davlatimiz, associaciya jim qarab o'tirgani yo'q, ular ham harakatda, izlanishda. Infratuzilma, sharoitlar yaratib berish ustida ish olib borilyapti. O'ylaymanki, baribir biz shu narsaga erishamiz. Tibbiyotni ham chetda qoldirmaslik zarur. Biz bir narsani to'g'ri tushunaylik, proffessional sportda oddiy ovqat bilan uzoqq bora olmaysiz. Yuklamalar katta. Oddiy inson uchun etarli bo'ladi. Bitta o'yinda ketadigan kaloriya, energiya va quvvatni siz tanovvul qiladigan taom bilan to'ldirish qiyin. Ekologiya o'zgargan, ha yurtimiz vitaminlarga boy, meva va sabzavotlarimiz pishib yotibdi. Ammo iqlim o'zgargani sababli avvalgidek emas. Masalan bitta olmadagi vitamin bir kilogram olmada bo'lishi mumkin. Tibbiyot, ovqatlanish, vitaminizaciyalarga turtki berishimiz kerak, chunki futbolchi o'sishda qiynalmasin. Nega bizning futbolchilar kichkina, jismoniy jihatdan baquvvat emas, 90 daqiqaga kuchimiz etmaydi deymiz. Hammasi tegishli narsalar. Men bugun jamoaga kuchli yuklama bersam ertaga buni qila olmayman. Futbolchi tiklanib olishi uchun vaqt ketadi. O'yindan keyin inson organizimi ko'p narsa yo'qotadi.Oddiy ovqat bilan 70 foiz ketgan kuchni to'ldirasiz, biroq 30 foizni topa olmaysiz, mana shu kichik foiz yig'ilib qo'shilib borib katta foizga aylanadi. SHuning hisobiga organizim o'sishdan to'xtab qoladi. Jismoniy tomondan kuchsizligimizda bularning ham o'z o'rni bor. Qaysidir vitaminlarning kamligi o'z tasirini o'tkazadi. Men umumiy qilib aytmoqdaman. 

Misol uchun "Bunyodkor" akademiyasidagi futbolchilarning ovqati yo'q. Mazkur jamoadagilarning ko'pi terma jamoalarga nomzod sanaladi. Ovqatlana olmasangiz men qanday qilib yuklama beraman? Texnika bo'lgani bilan jismoniy tomondan o'sish bo'lmasa qiyin. Evropada jamoaga kelganidan so'ng test olinadi, yog' miqdori qancha, qaysi vitamin etishmayapti, bu ular uchun oddiy narsa hisoblanadi. Futbolchilari mashg'ulotga chiqishidan oldin turli vitaminlarni ichishadi. Futbolchi o'ziga kerakli bo'lgan ozuqani oladi. Yakunda albatta organizim qiynalmaydi. Odamlar Evropani qara qanday o'ynashyapti deyishadi. Ammo, ulardagi sharoit, qarashlar, imkoniyatlar umuman boshqacha. Bizda ham shularga proffessional tarzda qaralsa yosh futbolchilar har tomonlama o'sadi. Uzoqqa bormaymiz, Jasur Jaloliddinovdan so'rang? Rasmlarini ham olib jo'natdi, mashg'ulotdan oldin oldida vitaminlar, turadi. SHuni ichishadi, qaysinidir bir soat oldin, yana qaysidir ichimlikni ikki soat oldin va hokazo. Mashg'ulotda yo'qotgan narsasini osonlik bilan to'ldirishadi. Ertangi kungi mashg'ulotga futbolchi tayyor bo'lib keladi. Bizda bu narsalar deyarli yo'q. Katta yuklama berib yugurtirasiz, mashqlarni berasiz. Tiklanish murakkab jarayon. Barchamiz sport tibbiyotini to'g'ri yo'lga qo'yishimiz kerak. Bundan maqsad yoshlarimiz jismoniy jihatdan o'sishga erishsin, ko'p o'rinbosaralar jamoalarida ovqati yo'q.

Keladi mashg'ulotni o'taydi va uyiga ketadi. Uyda esa bir kosa ovqatini eydi, bo'lmasa ko'chada lavash yoki gamburger, hammada ham sharoit bir xilmas. Qorni och bo'lganidan eyishga majbur, hamma oila ham tonnalab go'sht emaydi. Agar yoshlarimizni o'stiramiz desak ovqatlanish, vitaminizaciyaga etiborni oshirishimiz lozim. Kuchli jamoalarimizda bu narsalar bor. Futbolchilarning o'sish paytida shunga urg'u qaratsak maqsadga muvofiq bo'lardi.

- Yoshlar terma jamoamiz tarkibidagi futbolchilarga etibor qaratadigan bo'lsak, sanoqligina futbolchi Superligada asosiy jamoada to'p tepmoqda. Avvalgi avlod vakillarida esa bu son ko'pchilikni tashkil qilardi...

-Mana bu yildan etiboran yoshlar terma jamoamizning bir nechta futbolchilari jamoasining asosiy tarkibidan joy oldi, umid qilamanki keyingi yil yanada ko'proq bo'ladi. Katta jamoalarga qarshi o'yinlarda tajriba orttirishadi, asosiy jamoada sharoit ham yaxshi. Hojimat Erkinov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev o'zini yaxshi ko'rsatdi, milliy jamoaga taklif qilindi. Bu yoshda milliy terma jamoaning asosiy tarkibiga kirish katta natija. Darvozabonimiz Abduvohid Nematov ham “Nasaf” va milliy terma jamoada darvozasini ishonchli tarzda qo'riqladi. Yoshlarimiz har doim yaxshi bo'lgan. Lekin, ulardagi kamchiliklar yuqoridagi muammolar bilan bog'liq. 

- Eshitishimizga qaraganda mart oyida O'zbekistonda o'tkazilishi rejalashtirilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati qoldirilishi mumkin ekan. SHu bois yig'inlar o'tkazishda rejaga o'zgartirish kiritiladimi?

- SHunday gaplar yuribdi. Albatta bu holat biz uchun achinarli. Osiyo chempionati yoshlarimiz uchun zarur edi. Xalqaro tajriba orttirishardi, ko'nikmaga ega bo'lishardi. Turnirning qoldirilishi yaxshi emas. Bu bizning qo'limizda deya olmayman. FIFA Evropadagi vaziyat tufayli Jahon chempionatini qoldirmoqchi. Ularda karantin choralari kuchaytrildi. Balki nimanidir o'ylab chiqishar. Boshqa tomondan bu hali aniq tasdiqlanmagan. Biz reja bo'yicha tayyorgarlikni davom ettiramiz. Dekabr oyida yig'in o'tkazamiz, futbolchilarni ko'zdan kechirib olamiz. Rejamiz bo'yicha keyingi yil yanvar oyidan boshlab hozirlikni kuchaytiramiz. Bir hafta o'zimizda va Antaliyada yig'in o'tkazamiz. Yangi yilga qadar aniq xabar kelmasa reja asosida davom etamiz. Qatarda ham shu yosh toifasidagi terma jamoa bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishimiz ko'zda tutilgan. Vaziyatdan kelib chiqib harakat qilamiz.

- Keyingi mavsum Pro ligada “Olimpiya” jamoasi ishtirok etishi borasida xabarlar tarqaldi. Bundan ko'zlangan maqsad 2024 yilgi olimpiyadag a tayyorgarlikni hozirdan boshlash. Murabbiy sifatida sizning bunga munosabatingiz qanday?

- Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan bu amalga oshmoqda. Olimpiyadada ishtirok etish uchun nimalar kerakligini, sharoitlarni yaratib berish muhokamasi bo'lyapti. Bu ham hali tasdiqlanmagan. Lekin rejada bor. Men o'z fikrimni va munosabatimni bildiradigan bo'lsam, foydasi shuki, birinchidan kim o'z jamoasida asosiy tarkibda o'ynayotgan bo'lsa ularga tegilmaydi. O'rinbosarlar jamoasida, Birinchi ligada qolib ketayotgan, o'yin amaliyoti berilmayotganlarni jalb qilib tayyorlanadi, men shunday ko'rmoqdaman. Proffessional darajada hamma sharoitlarni qilib berishsa o'sha qolib ketayotgan futbolchilarni jalb qilib tayyorlashimiz mumkin bo'ladi. Lekin ular o'z jamoalariga tegishlib bo'lib qolaveradi. Bizning vazifamiz ularni tayyorlash. Hozir aytganimdek ayrim joylarda sharoitlar yo'q. Ro'yxatda futbolchilar ko'p bo'lishi tabiiy. Yana takrorlayman qolib ketayotgan futbolchilarni asosiy tarkibda o'ynayotgan futbolchilarning darajasiga etakazib olish uchun tayyorlaymiz. Sizning jamoangizdan futbolchi oldim, u o'zini ko'rsatdi va malum darajaga chiqdi. Uni bemalol qaytarib olishi mumkin. Ko'p jamoalarda yoshlarimizga sharoit yo'q. Aytganimdek proffessional tarzda sharoitlar qilinsa futbolchilarni darajasini ham oshirib boramiz, bu klublarimiz uchun ham yaxshi. Maqsad yanada yaxshiroq tayyorlash. O'rinbosarlar jamoasiga qaraganda Pro ligada vazifa qo'yiladi. Menimcha bu normal holat. Futbolchilar o'z jamoalariga tegishli bo'ladi. Ijara asosida futbolchilar olinadi. Bunday futbolchilar qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi. Olimpiyadadan tashqari bir necha yildan so'ng ular milliy terma jamoamizning o'zagini tashkil qiladi. Iqtidorlar ko'p. O'z klubiga ketsa o'rniga boshqa futbolchi olinadi va tayyorlab boriladi. Jarayon yo'lga qo'iyladi. Men murabbiy sifatida shunday ko'ryapman. Bu futbolimiz o'sishi uchun zarur. Agar joylarda sharoitlar alo darajada bo'lsa buni amalga oshirishning hojati yo'q. Ammo hali bular tasdiqlanmadi. Murabbiylar kengashi tuziladi. Murabbiylar va jamoalar bilan kelishilgan holda qilinadi. Fikrlar tinglanadi. Balki bu amalga oshmasligi ham mumkin. 

- Osiyo chempionati o'zbekistonlik futbolchilar uchun ham qaysidir manoda reklama vazifasini ham bajaradi. Skautlar ko'rishadi, xorij jamoalariga taklif qilishadi. Bu yoshda futbolchining xorij klubida o'z o'rnini topib ketishi qaysi omillarga bog'liq? 

- Osiyo chempionati ularga o'zini ko'rsatishi va ishonchi ortishi uchun katta imkoniyat. To'g'ri aytdingiz ko'plab skautlar kuzatishadi. Xorij klubiga o'sha yo'l olayotgan jamoa murabbiyining xohishi ham katta ahamiyatga ega. Faqat rahbariyatning emas jamoada ishlayotgan murabbiy fikrini ham tinglash kerak, u istayaptimi yo'qmi. Futbolchini o'ynatadigan ham, mashg'ulotga javobgar murabbiy. Rahbariyat shu futbolchini olib kelgani bilan murabbiyning rejalari boshqacha, futbolchi uning taktikasiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Aynan murabbiy yakuniy qarorini aytishi kerak.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика