"Lokomotiv"dan mag'lub bo'lgan "Buxoro" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashmadi
03 okt 2018 11:27
Yangiliklar
"Lokomotiv"dan mag'lub bo'lgan "Buxoro" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashmadi
Superliga 25-turi doirasidagi "Buxoro" – "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng mezbonlar jamoasi katta murabbiyi SHuhrat Fayziev quyidagicha fikr bildirib o'tdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
- Bugun tezkor 2 gol o'tkazib yubordik. SHu holat o'yinning borishiga o'z tasirini o'tkazdi. Keyinchalik hisobni qisqartirgan bo'lsak-da, baribir amaldagi chempion o'yinni o'z foydasiga hal eta oldi. Bizda ham bazi qulay vaziyatlar bo'ldi. Lekin bugun ham omadimiz kelmadi. Raqibni g'alaba bilan tabriklaymiz. Biz esa xatolar ustida ishlashda davom etamiz, - dedi mutaxassis.
Fikrlar