

- Biz uchun biroz qiyin uchrashuv bo'ldi. Raqib ancha yaxshi o'yin namoyish etdi. Endi e'tiborni keyingi o'yinlarga qaratamiz. Hozir sekin-asta o'zimizning buxorolik yosh futbolchilarni ham tarbiyalab, tarkibga jalb etishga harakat qilyapmiz. Nasib etsa, yaqin vaqt ichida Buxorodan ham yaxshi yosh istedodlar yetishib, katta futbolchilar chiqadi. Hozircha imkoniyatdan kelib chiqib o'yin namoyish etyapmiz, - dedi mutaxassis.




