"Lokomotiv"da yangiliklar bor, bosh murabbiy portugaliyalik bo'ladi, Sidiqov transferi hal bo'ldi
03 jan 2021 12:11
Yangiliklar


"Lokomotiv"da yangiliklar bor, bosh murabbiy portugaliyalik bo'ladi, Sidiqov transferi hal bo'ldi
Olingan malumotlarga qaraganda, "temiryo'lchilar" yaqin vaqtlar ichida Javoxir Sidiqovning transferini elon qiladi. O'tgan mavsumda "Paxtakor" tarkibida 14 o'yinda harakat qilib, 3 bora gol urgan futbolchi kelasi mavsum "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.
SHuningdek, "Lokomotiv" bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov tvitterida yangi bosh murabbiy bilan 2 yillik shartnoma imzolanganini malum qildi. Unga ko'ra, yangi bosh murabbiy yaqin kunlar ichida elon qilinadi.
Oldinroq klub matbuot xizmati vakillari Mirjalol Normatov hamda Evdokim Raimov feysbukdagi akkauntida shunday postlar yozib qoldirgandi:
Bundan ko'rinib turibdiki, "Lokomotiv"ni yangi mavsumda portugaliyalik murabbiy boshqarishi kutilmoqda. Bu boradagi rasmiy xabarlar yaqin kunlar ichida malum qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar