"Lokomotiv"da yana bir legioner – Damir Koyashevich
18 fev 2015 16:50
Yangiliklar

"Lokomotiv"da yana bir legioner – Damir Koyashevich
Kecha o'zining yangi futbolchilarini keng ommaga tanishtirgan “Lokomotiv” bugun yana bir xorijlik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi.
“Temiryo'lchilar”ning yangi vakili 2012 yildan buyon Qozog'istonning “Astana” jamoasida faoliyat yuritib kelgan yarim himoyachi - Damir Koyashevich.
Damir 1987 yilning 3 iyunida CHernogoriyada tavallud topgan. Faoliyati davomida u Bosniya va Gercogovina, Polsha, CHernogoriya, Qozog'iston chempionatlarida to'p surgan. Qozog'istondagi faoliyati davomida Koyashevich 77ta o'yinda maydonga tushgan va 17 bor gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Fikrlar