"Lokomotiv" yozda Pentekni xarid qilishni istamagan ekan
08 apr 2019 14:52
Yangiliklar


"Lokomotiv" yozda Pentekni xarid qilishni istamagan ekan
Daniyaning "Fremad Amager" klubi sport direktori Timur Daguev "Lokomotiv" (Moskva) Kshishtof Pentekni xarid qilishga uringani haqida aytib berdi.
"Pyantek, Italiyada uni shunday chaqirishadi. Men uni "Lokomotiv"ga taklif qilgandim, biroq "temiryo'lchilar" uni 4 mln. evroga xarid qilishni istashmadi. Bunga isbotlarim bor, ammo hozir bu narsalar muhim emas. SHunga o'xshash hikoyalar futbolda juda ko'p" - deydi Daguev.
Eslatib o'tamiz, Pentek 2018 yilning yozida "Krakoviya"dan "Jenoaga o'tadi. 2019 yilning 23 yanvar kuni "Milan" polshalikni 35 mln. evro evaziga xarid qildi. Pentek joriy mavsum A Seriyaning 30ta uchrashuvida maydonga tushib, 21ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar