"Lokomotiv" yangi futbolchilarni tanishtirish marosimiga taklif etadi
10 fev 2015 14:20
Yangiliklar


"Lokomotiv" yangi futbolchilarni tanishtirish marosimiga taklif etadi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi 17 fevral, soat 11:00da TTZ mavzesida joylashgan "Lokomotiv" stadioni matbuot-anjumanlari zalida Ommaviy Axborot Vositalari vakillari uchun yangi mavsum oldidan matbuot anjumani hamda yangi futbolchilarni rasman tanishtirish marosimini o'tkazadi.
Matbuot anjumanida avvalgi mavsum yakunlari, yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni, jamoaga qo'shib olingan yangi futbolchilar va jamoaning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari haqida so'z yuritiladi.
Anjumanda "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramov, bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, jamoa boshlig'i Qobil Yunusovlar jurnalistlar savollariga javob beradi.
Tadbir nihoyasiga etgach, jamoaning yangi futbolchilari bilan OAV vakillari uchun intervyular olishga imkoniyat yaratib beriladi.

Fikrlar