So’nggi yangiliklar

23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  3 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  5 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  106 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  215 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  6 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  6 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  11 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  34 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3

"Lokomotiv" yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

"Lokomotiv" yangi futbolchilarni tanishtirdi

Tadbirning ikkinchi qismida jamoaga qo'shib olingan futbolchilar ishtirok etishdi va ular klubning yangi futbolchilari sifatida rasman tanishtirildi.
Klubga mavsumlar oralig'ida Alisher SHog'ulomov, Aleksandr Geynrix, Artyom Filiposyan, Dilshod Rahmatullaev, Marat Bikmaev, Sahob Jo'raev, SHavkat Mullajonov kabi futbolchilar qo'shib olindi.

Ular ham bir qancha savollarga javob berib o'tishdi. Avvaliga barcha futbolchilarga umumiy qilib nima uchun aynan “Lokomotiv”ga o'tganliklari haqida savol berildi. Futbolchilarning deyarli barchasi umumiy qilib “Jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygani uchun” degan javobni berishdi.

-   “Lokomotiv”ga o'tishdan oldin boshqa jamoalardan taklif bo'lganmidi? Hususan, “Paxtakor”dan. (Aleksandr Geynrixga berilgan savol)
-   Yo'q. “Paxtakor” jamoasi tomonidan menga hech qanday taklif bildirilmadi.

-   “Lokomotiv”ga o'tayotganda raqobatdan cho'chimadingizmi? (SHavkat Mullajonovga berilgan savol)
-   Raqobat bo'lishini bilganim uchun ham “Lokomotiv” tarkibiga kelib qo'shildim. Agar raqobat bo'lmasa qanday o'saman? Men ham chempion bo'lishni istayman. “Olmaliq” bilan esa chempion bo'lishga ko'zim etmadi.

-   Artyom, Xitoy klubi bilan shartnomangiz qanchaga mo'ljallangandi?

-   Xitoyliklar bilan ikki yillik kelishuvim bor edi. U erda to'rtta o'yinda maydonga tushdim. Lekin jamoada rahbariyat va murabbiylar almashdi. Ular mahalliy futbolchilarni o'ynatishni maqul ko'rishdi. SHu sababli ketishga qaror qildim.

-   Sahob, “Bunyodkor” bilan orangizda kelishmovchilik yuzaga keldimi?

-   O'zbekistonda aynan “Lokomotiv”ni mening saviyamga mos deb bilganim uchun bu klub safiga kelib qo'shildim. “Bunyodkor” murabbiylari jamoada qolishimni istashmadi. So'nggi xorij yig'iniga ham olib ketishmadi. SHu sababli ular bilan xayrlashdim.  Agar “Loko”ning taklifi bo'lmaganida nima qilardim? Boshqa jamoa qidirardim.

Tadbir so'nggida yangi futbolchilarga ularning raqamlari tushirilgan liboslar taqdim etildi. Unga ko'ra:
Alisher SHog'ulomov 70;
Aleksandr Geynrix 50;
Artyom Filiposyan 60;
Dilshod Raxmatullaev 61;
Marat Bikmaev 75;
Cahob Jo'raev 55;
SHavkat Mullajonov esa 35-raqamda harakat qiladigan bo'lishdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика