So’nggi yangiliklar

11:39«Ливерпуль» 30 ёшли Робертсонга «Ньюкасл» футболчисини ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 11:38Неймар ёзда «Барса»га қайтиши мумкин, Захавининг агенти каталонияликлар раҳбариятини кўндиришга уринмоқда. Флик ва унинг штаби мутлақо қарши  3 11:17«Атлетико» Ковачични "Ман Сити"дан 30 млн еврога сотиб олиши мумкин  1 10:55«Бавария» «Интер» юлдузи учун АПЛ клуби билан баҳслашади  1 10:53Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилди. Жамоаларда амалга ошган сўнгги трансферлар барчаси битта саҳифада  19 10:26«Барселона» Левандовскига АПЛдан ўринбосар топди  11 10:01АПЛнинг икки клуби Мойзе Кинни қўлга киритмоқчи  1 09:37«Бавария» Киммихнинг маошини оширишга тайёр  0 09:34Холдорхонов "Навбаҳор"га текинга ўтган  0 09:14Осимхеннинг «МЮ»га трансфери 95 фоизга якунланди, инглизлар 70 млн евро тўлашга тайёр  5 08:50Трансфермаркт. «Навбаҳор» «Пахтакор» футболчиси учун яхшигина пулга сотиб oлди  15 08:24«Манчестер Сити»нинг «Тоттенхэм»га қарши ўйин учун тахминий таркиби  18 07:58«Реал» футболчиси Испания терма жамоасига илк бор чақирилиши мумкин  4 07:39«Сўғдиёна» Сериа А чемпионатида ўйнаган футболчи билан шартнома тузди  2 07:24«Қўқон-1912» навбатдаги легионер билан шартома тузди  1

"Lokomotiv": Yangi futbolchilar 18 fevralda tanishtiriladi Yangiliklar

"Lokomotiv": Yangi futbolchilar 18 fevralda tanishtiriladi

Teglar :  Lokomotiv
“Lokomotiv” futbolchilari bilan muloqot qilishni, ular bilan esdalik rasmga tushishni, klub stadionida sayr qilishni, Osiyo chempionlar ligasi oldidan fubolchilar ishtirokidagi ochiq mashg'ulotni tomosha qilishni istaysizmi?

"Lokomotiv" sizga bu imkoniyatni yaratib beradi.

18 fevral – payshanba kuni “Lokomotiv” yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazadi. Sevimli futbolchilaringiz safiga 2016 yilgi mavsum uchun endilikda Server Jeparov, Kaxi Maxaradze, SHerzod Fayziev, Sadriddin Abdullaev kabi yigitlar qo'shilishdi. Ular “Lokomotiv”ning navbatdagi muvaffaqiyatlariga o'z hissalarini qo'shish uchun klub bilan shartnoma imzolashdi.

18 fevral soat 11:00 da “temiryo'lchilar”ning 2016 yilgi mavsum uchun yangi liboslari taqdimoti o'tkaziladi. SHuningdek, yangi futbolchilar rasman tanishtiriladi, ular ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. OAV hodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga “Lokomotiv” futbolchilari va rahbarlaridan javob olishlari mumkin.

SHuningdek, 11:30 dan boshlab “Lokomotiv” muxlislari stadionga qo'yiladi. Ular matbuot anjumanidan keyin nafaqat yangilar, balki mashg'ulot uchun chiqib kelayotgan klubning istalgan futbolchisi bilan rasmga tushishlari, dastxat olishlari mumkin bo'ladi. Futbolchilarning harakatlarini stadionning eng yaxshi sektorlarida tomosha qilishlari uchun ruxsat etiladi.

Bir kunlik akciyadan keyin ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan va klub atributlari aks etgan fotosuratlar saralab olinadi. Ularning eng originali aniqlanib, mavsumdagi ilk bellashuv – “Lokomotiv” – “Al-Ittixod” o'yini uchun eng yaxshi sektordan ikki kishilik chipta taqdim etiladi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика