So’nggi yangiliklar

12:12Санчо Италиянинг қайси клубига ўтмоқчи?  0 11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  0 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  3 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  6 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  9 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0

"Lokomotiv": "Xanjou Grintaun” ham yirik hisobda mag'lub etildi Yangiliklar

"Lokomotiv": "Xanjou Grintaun” ham yirik hisobda mag'lub etildi

“Lokomotiv” Dubaydagi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida ham yirik hisobda zafar quchdi. Bu safar Xitoy Superligasi vakili “Xanjou Grintaun” klubi darvozasi javobsiz uch bor ishg'ol etildi.

Rasmiy o'yinlar yaqinlashib kelayotgani uchun ham Abdulloh Al-Balushi boshqarib borgan bellashuv oldidan tomonlar faqatgina 3 tadan o'zgarishni amalga oshirishga kelishib olishdi. Quyida “Lokomotiv”ning boshlang'ich tarkib futbolchilari bilan tanishib olishingiz mumkin.

Andrey Miklyaev hamda Mirko Elichich o'zaro kelishgan holda 3 ta nominal himoyachi bilan o'ynashga qaror qilishdi. Markazda Yanichich harakat qilgan bo'lsa, uning ikki chetida To'xtaxo'jaev hamda Zoteev to'p surishdi. Tayanch yarim himoyadan tajribali Kapadze hamda Maxaradze joy olishdi. Oldingi chiziqda to'p surgan Temurxo'ja Abduholiqovga hujum tashkil etishda 3 ta futbolchi ko'maklashdi – Server Jeparov, Sanjar SHoahmedov hamda Sardor Mirzaev. Bunda keyingi ikki futbolchi Jeparovning ikki chetida o'yin olib borishdi. Tayanch zona va hujumkor yarim himoyachilarni bog'lovchi sifatida Ikrom Aliboev harakat qildi.

“Temiryo'lchilar” bellashuvni ko'tarinki ruhda boshlab, Abduholiqovning 10-daqiqada kiritgan golidan keyin hisobda oldinga chiqib olishdi. Hujumni Timur Kapadze boshlagan bo'lsa, golli pas Sanjar SHoahmedov tomonidan uzatildi.

18-daqiqaga kelib Server Jeparov o'zining shedevr paslaridan birini amalga oshirdi hamda SHoahmedovni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. O'z navbatida Sanjar xitoylik posbonni aldab o'tib, hisobdagi farqni 2 taga oshirdi – 2:0.

Ikkinchi bo'limda ham o'yinning borishini “Lokomotiv” futbolchilari nazorat qilishdi. Bu taymda darvozaga faqatgina bitta gol urildi. Burchakdan to'p Jeparovga tashlab berildi, Server esa uni qulay tarzda gol muallifiga etkazdi.

“Lokomotiv” Dubaydagi ikkinchi yig'in doirasidagi birinchi o'rtoqlik uchrashuvini mahalliy “Al-Urooba” klubiga qarshi o'tkazib, 5:1 hisobida muvaffaqiyat qozongandi. Navbatdagi bellashuv 12 fevral kuni Xitoyning “Tyanczin Teda” klubiga qarshi bo'lib o'tadi.

LOKOMOTIV (O'zbekiston) – XANJOU GRINTAUN (Xitoy) 3:0

Gollar: Timurxo'ja Abduholiqov, 10 (1:0). Sandar SHoahmedov, 18 (2:0). Sardor Mirzaev, 75 (3:0).

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov (Sarvar Karimov, 75) - Oleg Zoteev, Nemanya Yanichich, Islom To'xtaxo'jaev (SHerzod Fayziev, 70) - Kaxi Maxaradze, Timur Kapadze (Jasur Hasanov_77, 60) - Ikrom Aliboev - Server Jeparov, Sanjar SHoahmedov, Sardor Mirzaev - Temurxo'ja Abduholiqov.

“Xanjou Grintaun”: Guo CHun Cuan - Cao Xay CHin (Dzou De Xan, 46), Vu Fan Si, CHen Siyao, Ge Jen - Xuan Si Yan, Zang Yi Fen, Lo Dzing, CHen Dzin (Gao Xua Dze, 56) - CHen Bo Liyan (Vu Vey, 63), Devi Kloud Angan.

Hakam: Abdulla Al-Balushi

2016 yildagi o'rtoqlik o'yinlari

15 yanvar, 2016 Al-Ahli (Saudiya Arabistoni) – Lokomotiv 0:0

19 yanvar, 2016 Xenan Jiane (Xitoy) – Lokomotiv 0:0

22 yanvar, 2016 Slovakiya U-21 – Lokomotiv 0:2

5 fevral, 2016 Al-Urooba – Lokomotiv 1:5











Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика