So’nggi yangiliklar

17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  0 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  2 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  1 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   15 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  4 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  10 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  7 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0

“Lokomotiv” uchun qaynoq palla yaqinlashmoqda Yangiliklar

“Lokomotiv” uchun qaynoq palla yaqinlashmoqda

Teglar :  Lokomotiv
Mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlikni Minsk shahrida olib borgan “Lokomotiv” futbol klubini oldinda nihoyatda muhim uchrashuvlar kutib turibdi.

“Temiryo'lchilar” uchun 25 iyuldan boshlab jiddiy bahslar start oladi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Xabaringiz bor, “Lokomotiv” o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan: jamoa o'zi ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda g'olib bo'lishga harakat qilmoqda. Hozircha “Loko”ning ham Osiyo chempionlar ligasi, ham O'zbekiston chempionati va Kubogida qayd etayotgan natijalari chakki emas. Jamoa uchala frontda ham mag'lubiyatga uchramagan holda odimlamoqda.

25 iyul kuni bo'lib o'tadigan “Lokomotiv” – “Mashal” (O'zbekiston Kubogi, 1/4 final) javob bahsi bilan “temiryo'lchilar” qaynoq pallani boshlashadi. SHundan so'ng ketma-ket o'yinlar boshlanadi. Hisoblab chiqsak, “Lokomotiv” 25 iyuldan boshlab yaqin bir oy ichida sakkizta rasmiy o'yinda maydonga tushadi. Bu o'yinlardan bittasi O'zbekiston Kubogi, yana bittasi Osiyo chempionlar ligasi hamda qolgan oltitasi Oliy ligadan o'rin olgan bahslar.

Qizig'i shundaki, “temiryo'lchilar” qatorasiga dastlabki to'rtta bellashuvni o'z uylarida o'tkazishadi. Avvaliga “Mashal” bilan kuch sinashadigan jamoa keyinchalik TTYMI stadionida “Qizilqum”, “Navbahor” va “Andijon”ni qabul qiladi. Umuman olganda, jamoa yaqin bir oy ichida bo'ladigan sakkizta o'yindan beshtasini Toshkentda, qolgan uchtasini safarda o'tkazadi.

“Lokomotiv” safarda oliy liga doirasida “Neftchi” bilan “Mashal”, shuningdek Osiyo chempionlar ligasi o'yinida “Al Ayn” (BAA)ga qarshi kurash olib boradi. Biz “Loko” ishtirokidagi bellashuvlarga muxlislarni chorlab qolamiz hamda qaynoq palla boshlanayotgani munosabati bilan jamoa azolariga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Quyida “Lokomotiv”ning iyul-avgust oylaridagi o'yinlarini keltirib o'tamiz.

25 iyul. O'zbekiston kubogi, 1/4 final javob uchrashuvi

“Lokomotiv” – “Mashal”

28 iyul. Oliy liga, 13-turning qoldirilgan o'yini
“Lokomotiv” – “Qizilqum”

3 avgust. Oliy liga, 16-tur.
“Lokomotiv” – “Navbahor”

8 avgust. Oliy liga, 17-tur.
“Lokomotiv” – “Andijon”

14 avgust. Oliy liga, 18-tur.
“Neftchi” – “Lokomotiv”

18 avgust. Oliy liga, 19-tur.
“Lokomotiv” – “So'g'diyona”

23 avgust. OCHL, 1/4 final dastlabki uchrashuv
“Al Ayn” – “Lokomotiv”

26 avgust. Oliy liga, 20-tur.
“Mashal” – “Lokomotiv”

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика