"Lokomotiv": To'purarlar: Abduxoliqov peshqadam, Mirzaevda 10ta bo'ldi
19 sen 2016 15:53
Yangiliklar
"Lokomotiv": To'purarlar: Abduxoliqov peshqadam, Mirzaevda 10ta bo'ldi
Mazkur uchrashuvda "Lokomotiv"ning hujumkor yarim himoyachisi Sardor Mirzaev ikkita gol urib dubl qayd etdi.
Natijada Sardorning ushbu mavsum oliy ligada urgan gollari soni 10taga etdi. Hozirda "temiryo'lchilar" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov 16ta gol bilan to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda.
"Loko" futbolchilari birinchi davraning 15 o'yinida 36 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilishgandi. Ikkinchi davrada hozircha oltita o'yin o'tkazgan "Lokomotiv" 21ta to'p kiritishning uddasidan chiqdi.
Ikkinchi davra start olganidan beri Abduxoliqov 5 marta to'p kiritgan bo'lsa, Bikmaev va Mirzaev to'rttadan, Jeparov esa uchta gol urdi. SHuningdek, SHoahmedov o'z hisobiga ikkita, Gevorkyan bilan Zoteev bittadan gol yozib qo'yishdi. Eslatib o'tamiz. "Lokomotiv" o'zining navbatdagi uchrashuvini 23 sentyabr kuni "Obod"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar