So’nggi yangiliklar

01:15Артета "Арсенал" "Челси" рекордини янгилашни истаётганини айтди  0 00:55Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" марказий баҳсда "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди  0 00:41Рубен Аморим "Ливерпуль" майдонидаги ғалаба ҳақида: "Бундан ҳаволаниш керак эмас, Гакпо 20 сантиметрга адашмаганида барчаси бошқача бўларди"  0 00:20Суперлига. "Қизилқум" – "Динамо" 2:0   0 23:50Касильясни тўнаб кетишди  4 23:36Акмал Рустамов: "Қизилқум" таркибидан ҳам термаларда футболчилар ўйнашига ҳаракат қиламиз"  0 23:19Эдин Терзич: "Санчо "Олтин тўп"ни ютишга қодир"  2 22:58А Серия. "Милан" - "Пиза" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 22:46Килиан Мбаппе кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 22:23Пау Кубарси: "Класикони бутун дунё кўради. Лекин мен босим ҳис қилмаяпман"  8 21:57Вадим Абрамов: "Мухлислар олдида хижолатдамиз"  3 21:45Футзал. Афғонистон ўсмирлари Ўзбекистонга 10та гол урди  8 21:26"Ливерпуль"нинг ўтган ойдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 20:55Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди  51 20:17Рафинья класикода ўйнамайдиган бўлди  10

"Lokomotiv" tarkibida o'ynagan Nivaldo irqchilik, Yusupov va klub haqida Yangiliklar

"Lokomotiv" tarkibida o'ynagan Nivaldo irqchilik, Yusupov va klub haqida

Teglar :  Nivaldo Lokomotiv
Belarusning "Dinamo-Brest" jamoasidan "Lokomotiv"da yarim yil davomida ijara asosida o'ynagan braziliyalik futbolchi Nivaldo saytimizga qisqa intervyu berdi.

Hujumchi "Lokomotiv" tarkibida qisqa muddat to'p tepgan bo'lsa-da, u "temiryo'lchilar" safida ajoyib o'yinlar ko'rsatdi va muxlislarning mehrini qozondi. Nivaldo O'zbekistondagi yarim yillik faoliyati davomida "Loko" safida barcha musobaqalarda 13ta o'yin o'tkazdi va 5ta gol urdi.

"Men ushbu mamlakatda futbol o'ynashdan zavqlangandim. Muxlislar barcha uchrashuvlarga borishadi va bu mahalliy futbol uchun juda ijobiy holatdir.

Men "Lokomotiv"da faoliyatimni davom ettirishni xohlagan edim. Ammo, mening klubim meni ortga qaytishimni so'radi. Bu borada "Dinamo-Brest" bilan gaplashdim va meni qo'yib yuborishlarini so'radim, ammo kelishuvga erishilmadi.

Mening kareramda yaxshi va yomon paytlar bo'ldi, har doim ham yuqori saviyani saqlab qolish qiyin, bular futbolchi hayotining bir qismidir. Ammo, bugun o'ynamoqdaman va bu narsa eng muhimidir.

Klubga kelganimda rahbariyati meni juda yaxshi kutib oldi va futbolchilar yaxshi qabul qilishdi. Bular esa mening alohida etiborimni tortdi.

Futbol darajasi juda yaxshi, ajoyib o'yinchilar bor. Umuman olganda, men ovqatlarni juda sog'inyapman, menga ular juda yoqardi.

O'zbekiston chempionati yaxshi darajada va aytishim mumkinki, uning darajasi Belarusniki bilan bir xil. Men 6 oy o'ynadim va shundan so'ng jarohat tufayli maydonga tushmadim. Boshqa bir oyda esa darvozabon bilan bo'lgan vaziyatdan so'ng ko'plab o'yinlarda maydonga tushmadim. Men u darvozabonning ismi [O'tkir Yusupov - "Qo'qon-1912]ni ham eslay olmayman, sababi ahamiyatsiz, men o'sha vaziyatni faoliyatimdan o'chirib tashlay olaman. Siz videoni tahlil qilishingiz mumkin, men himoyachiga tegmagandim, u darvozabonning qo'llab-quvvatlashi bilan maydonni teatrga aylantirdi. O'sha paytda hakam noto'g'ri qaror chiqardi va menga qizil kartochka ko'rsatdi, sababi men hech qanday yomon ish qilmagandim. Videoda ko'rsangiz shundan so'ng echinish xonasiga ketayotgandim. SHu paytda darvozabon kelib, yuzimga qarab baqira boshladi. Men ko'plab mamlakatlarda o'ynagan tajribali futbolchiman va bunday vaziyatga umuman duch kelmaganman. Meni doim muxlislar va jamoadoshlarim hurmat qilishgan.

Butun dunyo irqchilikka qarshi kurash borasida juda muhim paytlarni boshdan kechirmoqda. Biz o'z farzandlarimizga boshqa madaniyatni, madaniy tafovutni hurmat qilishga o'rgatishimiz kerak.

Barcha mamlakatlar hukumatlari irqchilik borasidagi savollarga javob berishga harakat qilishlari kerak. Biz boshqalarni, boshqa din vakillarini hurmat qilishimiz kerak va boshqalarga mehr ko'rsatishimiz kerak.

Men darvozabon haqida yomon gap gapirmoqchi emasman. O'yin juda "qaynoq" tarzda o'tayotgan edi. Emociyalar ham yuqori darajaga chiqqan edi. SHu paytda aytmaslik kerak bo'lgan narsalarni gapirib yuborasiz. U nima deganini o'zi biladi. Men unga omad tilayman. "Lokomotiv"ga esa jadvalda o'z o'rnini egallashiga umid qilaman, chunki ularda yaxshi struktura bor. Agar menda imkoniyat bo'lganida, yana O'zbekistonda o'ynagan bo'lardim. Mamlakatingiz menga juda ham yoqqan. Odamlari mehribon.

Agar braziliyalik, vatanim tarixidagi eng kuchli futbolchilar haqida gapiradigan bo'lsam, Pele, Romario, Garrincha, Sokrates, fenomen Ronaldo, Gaucho, Neymar... Umuman olganda siz mendan uchta o'yinchini aytishni so'radingiz, ammo bu juda qiyin (kuladi).

Barchaga katta salomlar aytaman, ayniqsa futbol muxlislariga. Sizlarda ajoyib madaniyat bor", - deydi Nivaldo.


Alisher Ostonov suhbatlashdi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика