So’nggi yangiliklar

17:27"Ал Ҳалдия" Ўзбекистонга етиб келди  2 17:17Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Арал" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:00Ван Дейк "Манчестер Юнайтед"дан учралган мағлубият ҳақида: "Иккинчи голни эҳтиётсизлик туфайли ўтказиб юбордик"  5 16:31Юрген Клопп нима учун "Манчестер Юнайтед"ни бошқаришни истамаган?  1 16:03Алонсо: "Реал" Мбаппега боғланиб қолганми? Мен бундай демаган бўлардим"  4 15:35"Навбаҳор"га санкция қўлланади  10 15:03Швеция терма жамоасига бош мураббий тайинланди  1 14:34Даҳшат! Ҳоланд мавсум бошидан бери АПЛдаги 11 та жамоадан кўпроқ гол урди  4 14:05Педри: "Биздан кутилаётган даражани кўрсатолмаяпмиз"  1 13:33"Реал" собиқ футболчиси инсультни бошдан ўтказди  0 13:04ОЧЛ 2. "Андижон" – "Ал Ҳалдия" баҳсига ҳакамлар тайинланди  5 12:35Ўзбекистонда трансфер ойнаси қачон очилади?  4 12:08Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Нефтчи" – ОКМК учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулосасини эълон қилди  23 11:43Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Филиппинга йўл олади  0 11:11Игорь Сергеев "Қизилқум"га қарши ўйин, пенальти тепиш сири ва терма жамоада бу ишни амалга ошириш имконияти ҳақида гапирди  3

"Lokomotiv" tarixidagi to'purarlarni bilasizmi yoxud Sanjar SHoahmedov 6-o'ringa ko'tarilib oldi Yangiliklar

"Lokomotiv" tarixidagi to'purarlarni bilasizmi yoxud Sanjar SHoahmedov 6-o'ringa ko'tarilib oldi

Yakuniga etayotgan mavsumni yuqori kayfiyatda o'tkazgan iqtidorli yarim himoyachi Sanjar SHoahmedov qisqa fursatda "Loko" muxlislari mehrini qozondi.

U o'zining tezkor o'yini, abjir xatti-harakatlari hamda bir-biridan chiroyli gollari orqali "temiryo'lchilar" ko'nglini zabt etdi.

Sanjar SHoahmedov hozirda 14ta gol bilan oliy liga to'purarlari safida bormoqda. Va bu ko'rsatkichi bilan yarim himoyachi "Lokomotiv" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Birinchi o'rindagi futbolchi kimligini bilasizmi? Bizningcha, ko'pchilik darhol topgan bo'lsa kerak, bu - Marsel Idiatullin. O'z vaqtida "Loko" safida ajoyib o'yinlarni o'tkazgan Idiatulin 42ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Va u "Lokomotiv"ning shu paytgacha eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Ayni paytda Marsel Idiatullin "Lokomotiv" futbol maktabida ishlamoqda va 1997 yilda tug'ilgan futbolchilar murabbiyi hisoblanadi.



Undan keyingi o'rinni esa 30ta gol bilan Farhod Tojiev egallab turibdi. Joriy mavsumni asosan o'rinbosarlari tarkibida o'tkazgan Ivan Nagaev hozircha 17ta gol urgan va uchinchi o'rinda bormoqda. To'rtinchi-beshinchi o'rinlarni esa bir xil 16ta gol bilan Olim Navkarov va Zayniddin Tojiev band qilib turishibdi. Aytib o'tganimizdek, Sanjar SHoamehdov oltinchi o'rinda kelyapti va uning hisobida 14ta gol bor. Darvoqe, to'purarlik bobida Sanjarni izma-iz taqib etib kelayotgan hujumchi Marat Bikmaev hisobida hozircha 13ta gol mavjud.

"Lokomotiv" tarkibida kamida o'nta va undan ko'p gol urgan futbolchilar orasida to'rt nafar futbolchi hozir ham "temiryo'lchilar" safida faoliyatni davom ettirishmoqda. Bular - Ivan Nagaev, Marat Bikmaev, Sanjar SHomehdov va Islom To'xtaxo'jaev. To'xtaxo'jaev shu kungacha "qizillar" tarkibida 11 marta to'p kiritishning uddasidan chiqqan.



Quyida "Lokomotiv" tarixidagi 15ta eng yaxshi to'purarni keltirib o'tamiz:

1. Marsel Idiatullin - 42 gol
2. Farhod Tojiev - 30
3. Ivan Nagaev - 17
4. Olim Navkarov - 16
5. Zayniddin Tojiev - 16
6. Sanjar SHoahmedov - 14
7. Muzaffar Umrzoqov - 13
8. Marat Bikmaev - 13
9. Akmal Xolmatov - 12
10. Islom To'xtaxo'jaev - 11
11. Aziz Haydarov - 11
12. Viktor Klishin - 10
13. Oybek Usmonxo'jaev - 10
14. Sadriddin Abdullaev - 9
15. Ravshan Bozorov - 9


Izoh: Bu erda faqat oliy ligadagi gollar inobatga olingan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика