“Lokomotiv” stadioni o'yin uchun tayyor!
23 fev 2016 10:34
Yangiliklar
“Lokomotiv” stadioni o'yin uchun tayyor!
Bugun o'zbekistonlik futbol muxlislarini poytaxtimizda ajoyib bellashuv kutib turibdi. Toshkentning “Lokomotiv” klubi mavsumdagi birinchi o'yinida Saudiya Arabistoni etakchilaridan biri, Osiyo chempionlar ligasida ikki marta zafar quchgan “Al-Ittixod” klubiga qarshi maydonga tushadi. Kecha har ikki klub vakillari o'yinoldi mashg'ulotini aynan “Lokomotiv” stadionida o'tkazishdi.
Stadion mamuriyati futbol muxlislari, sport jurnalistlari o'yinni bevosita “Lokomotiv” arenasining o'zidan kuzatib borishlari uchun sharoitlarni muhayyo qilishdi. Bellashuv chiptalari stadion kassasida sotilmoqda.
“Lokomotiv” futbolchilari bugun futbol muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari yordamida mavsumdagi birinchi bellashuvni g'alaba bilan yakunlashga harakat qilishadi. Jamoa etakchilaridan biri Timur Kapadze aytib o'tganidek, ular bugun maydonning har bir qarich eri uchun raqib bilan kurash olib borishadi.
Eslatib o'tamiz, bellashuv soat 15:00 da start oladi. Futbol muxlislarimizni “Lokomotiv” stadionidagi qiziqarli to'qnashuvga taklif etib qolamiz.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar