"Lokomotiv" shifokori Abror Pirriev: "O'z fikrini – butun xalq eshitadigan so'zlarni ommaga etkazish madaniyati haqida ham unutmaslik kerak"
15 mar 2021 11:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625479_original.jpg)
![](/upload/storage/625479_220.jpg)
"Lokomotiv" shifokori Abror Pirriev: "O'z fikrini – butun xalq eshitadigan so'zlarni ommaga etkazish madaniyati haqida ham unutmaslik kerak"
Turon bosh murabbiyining kuyinishini tushunish mumkin. Boshga tekkan to'pga “penalti” qo'yadigan hakamlar butun jamoaning mehnatini chippakka chiqarsa albatta alam qiladi. Ammo o'z fikrini – butun xalq eshitadigan so'zlarni ommaga etkazish madaniyati haqida ham unutmaslik kerak.
Kechagi o'yindan so'ng “VAR” haqida bizning murabbiy fikr va ehtiroslari ham "Turon" vakillarinikidan qolishmagani aniq. Ochig'i, o'yinning tezligi va jozibasini buzdi bu “VAR”. Aslida biror holat yuzasidan hakam ikkilansagina murojaat qilmaydimi bu “VAR” janoblariga... Har epizod uchun qulog'ini ushlab xabar eshitish uchun o'yinni to'xtatib turaversa...
Keyingi turda ikki yaralangan sherlar uchrashadigan bo'lib turibmiz. Bu o'yinda kimning asablari dosh, kimniki pand berarkan bunisini uch kundan keyin ko'ramiz", - deb yozadi Abror Pirriev telegramdagi o'z kanalida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar