“Lokomotiv” “Qizilqum”ga qarshi bahsga hozirlikni boshladi
21 may 2017 08:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/254574_original.jpg)
![](/upload/storage/254574_220.jpg)
“Lokomotiv” “Qizilqum”ga qarshi bahsga hozirlikni boshladi
Kuni kecha “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi milliy chempionatimiz doirasida uchrashuv o'tkazgan “Lokomotiv” futbolchilari bir kunlik damdan so'ng Kubok bahslari doirasidagi “Qizilqum” bilan bo'ladigan bellashuvga tayyorgarlikni boshladi.
Kecha klub qarorgohida yig'ilgan futbolchilar kechki payt “Lokomotiv” stadionida mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulot avvalida Andrey Miklyaev hamda Mirko Yelichich futbolchilarga bugun qanday mashqlar bajarilishi xususida qisqa malumot berishdi. So'ng engil yugurib olingach, futbolchilar Yelichich boshchiligida chigalyozdi mashqlari o'tkazishdi. Darvozabonlar esa Pyotr Gizimchuk rahbarligida o'z mashqlarini boshlashdi. So'ngra taktik mashqlarga o'tildi.
Mashg'ulot jarayoni ancha ko'tarinki ruhda o'tdi. Quyida undan olingan “qaynoq” fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar