So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  0 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  2 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  22 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

"Lokomotiv" Qatarda sharmandali hisobda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

"Lokomotiv" Qatarda sharmandali hisobda mag'lub bo'ldi

OCHL "C" guruhi 3-tur uchrashuvi "Al Sadd" - "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi bellashuvning matnli onlayn translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

OCHL-2015. "C" guruhi, 3-tur.

"Al Sadd" - "Lokomotiv" 6:2

17 mart 2015. Doxa. "Jassim Bin Hamad" stadioni. 20:45

Gollar
: Ibrohim Xalfan (27-penaltidan, 50, assistent: Muriki), Hasan Haydos (34, assistent: Muriki), Nodir Belhoj (40, assistent: Xalfan), Koyashevich (56), Addulkarim Hassan (63), Grafite (66), Jasur Hasanov (kichik) (77-penaltidan)

Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)

Qanot hakamlari: Metyu Krim (Avstraliya), Pol Setrangolo (Avstraliya)

Zaxira hakami: Alan Milliner (Avstraliya)

Nazoratchi: Umar Abu Lum (Iordaniya)

Komissar: Kim Yong Ju (J.Koreya)

“Al Sadd”: Saad SHib, Abdulkarim Hassan, Muhammad Kasola, Miruki (Asadalla, 62), Ibrohim Xalfan, Hasan Al Haydos (Meshaal SHammari, 90), Talal Al Blushi (Yosir Yahyo, 83), Grafite, Nodir Belhoj, Li Jung Su, Musaab Xidir.

“Lokomotiv”: Mamur Ikromov, SHavkat Mullajonov (Dilshod Rahmatullaev, 31), Islom To'xtaxo'jaev, Salim Mustafoev, Nemanya Yanichich, Oleg Zoteev, Jasur Xasanov O (Jasur Hasanov J, 71), Timur Kapadze, Sanjar SHoahmedov, Ruslan Koryan (Damir Koyashevich, 46), Temurxo'ja Abduholiqov.

Ogohlantirishlar: SHavkat Mullajonov (26), Salim Mustafoev (37), Abdulkarim Hassan (76)


                                MATNLI TRANSLYACIYA

                                            YANGILASH



- "Al Sadd" - "Lokomotiv" uchrashuvidan olib borilgan mantli onlayn translyaciyani yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyiboni ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!



- UCHRASHUV YAKUNLANDI!



90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berdi. Benjamin o'z uslubida...


89`
So'nggi daqiqa ham boshlanib qolay dedi. Hakam uchrashuvga hech qancha vaqt qo'shmasa ham mayli... Odatda bunaqa hisobdagi bellashuvlarni tezda yakunlash ham zarar qilmaydi.


87`
"Lokomotiv" hujum qilishga urinib ko'rmoqda. Koyashevich va Hasanovning faolliklarini takidlab o'tish zarur.


85`
Qatarliklarning navbatdagi hujumi o'yindan tashqari holat tufayli uzilib qoldi.


83`
O'zgarish. "Al Sadd". Talal Al Blushi o'rniga Yosir Yahyo tushdi.


81`
Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga chiqqan Damir Koyashevich va Jasur Hasanov "Loko" o'yiniga sal bo'lsada tezlik va oldingi chiziqda ishonch paydo qila oldi. Va aynan shu futbolchilar jamoaning gollariga mualliflik qilishdi.


79`
"Lokomotiv"da yurtimizdagi eng zo'r tarkib yig'ilgan. Biroq ular hali kuchli jamoa bo'lib shakllanishganicha yo'q. Jamoa tuzish uchun vaqt kerak. Lekin har davralar oralig'ida tarkibni tubdan o'zgartiriladigan bo'lsa, unda bu narsa juda qiyin.


77` GOOOOOOOOOOOOOOL! Jasur Hasanov!
Hozirgina maydonga tushgan Jasur Hasanovlarning kichigi nuqtadan adashmadi va hisobni biroz bo'lsada qisqartirdi.


76` Penalti! Abdulkarim Hassan to'pga qo'li bilan tegdi.



75`
"Lokomotiv" futbolchilari va bu klubga befarq bo'lmagan barcha tezroq o'yin tugashini kutmoqda...


73` Damir Koyashevichga rahmat. Futbolchi intilmoqda, o'ynamoqda, harakat qilmoqda. Hisobni biroz bo'lsada yaxshilashga urinmoqda...



71`
O'zgarish. "Lokomotiv". Kattani o'rniga kichik tushdi. Aniqrog'i, Jasur Hasanov o'rniga Jasur Hasanov maydonga chiqdi.


70`
Qatarda, aynan Dohada Vadim Abramov jamoalari yirik hisobda yutqazishi bu yangilik emas...


69`
Maydonda nimalar bo'layotganini tushunmay qolasan kishi...


68`
"Lokomotiv" himoyasi shunchaki parchalanib ketmoqda... Buni ko'rish va yozish oson emas... Lekin bu bor gap...


66` GOL! Grafite ham bugun gol kiritmoqda. Himoyadagi xatolar haqida yozish shart emas buyog'iga...


63` GOL! Super gol!
Abdulkarim Hassandan chiroyli gol! Bu gol to'liqligicha Mamur Ikromovning xatosi.


62`
O'zgarish. "Al Sadd". Muriki o'rniga Ali Asadalla tushdi.


61`
"Loko"ning ketma-ket hujumlari uzoqdan yo'naltirilayotgan zarbalar bilan yakunlanmoqda.



59`
Damir Koyashevichdan navbatdagi kuchli zarba! Birozgina noaniq.


58`
Damir Koyashevichning harakatlari yomon emas. Nega ushbu futbolchi uchrashuvni dastlabki daqiqalardanoq boshlagani haqida savolar paydo bo'lishi tabiiy. Biroq gap hujumda emas, muammo himoyada ekanligini unutmaslik darkor.



56` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DAMIR KOYASHEVICH!
Bor ekanku shovvoz! Jarima to'pidan juda chiroyli zarba va hisob qisqardi.


55`
"Lokomotiv" xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepadi.


52`
Sport kanali orqali o'yinni sharhlayotgan Dilshod To'xtabekov bu o'yinni ko'p jihatlarini "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Nasaf" uchrashuviga qiyoslab fikrlarini bildirmoqda. Ochig'i umuman tushunarsiz gaplar. Bu bellashuvni u o'yin bilan qanday bog'liq joyi borligini eslolmayapman. "Nasaf" ancha tartibli o'yin ko'rsatgandi va hisob ham 2:1 bo'lgandiyu...


50` GOL! Ibrohim Xalfan!
Bo'ldida endi "Al Sadd"! Muriki qanot orqali jarima maydonchasi kirib bordi va to'pni havolatib Xalfan tomon oshirdi. Bo'yi past bo'lishiga qaramasdan Ibrohim Xalfan uchrashuvdagi o'zining ikkinchi golini kiritdi.


48` Xavfli vaziyat!!! "Loko"!!!!!! Temurxo'ja Abduholiqov!!!!!!!!
Abduholiqov hozir bir himoyachi va raqib posboni Saad SHibni ham aldab o'tdi va o'tkir burchakdan darvozaga zarba yo'lladi. Lekin himoyachi to'p yo'liga tug'anoq bo'ldi.


47`
To'p nazorati "Lokomotiv" futbolchilarida. Vakillarimiz hujum qilish rejasini tuzishmoqda.


46`
O'zgarish. "Lokomotiv". Ruslan Koryan o'rniga Damir Koyashevich tushirildi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!



- Umid qilamizki, ikkinchi bo'limda kamroq gol o'tkazib yuboramiz. Hozirgi vaqtda bizni ushbu yirik hisob ham qanoatlantiradi.


45` Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


43` "Lokomotiv" birinchi gol va o'zgarishdan so'ng umuman o'zini yo'qotib qo'ydi. To'g'ri, jamoa hujumga intilmoqda. Oldinga bormoqda. Lekin samarasiz. Eng yomoni esa orqa chiziq shunchaki untilib qo'yildi. "Al Sadd" juda osonlik bilan "Loko" jarima maydonchasiga kirib kelmoqda.


42` Futbolda oldinga o'tish bu seni juda zo'r jamoa ekanligingni anglatmasligini bugungi o'yin misolida ko'rmoqdamiz. Futbolda hujum va himoya o'rtasida o'rtacha tempni ushlab turib ham gollar ursa bo'lishini raqib isbotlamoqda. To'g'risi, bu o'yindan sharmandani isi kelmoqda...


40` GOL! Nodir Belhoj! "Loko" himoyada nimalar qilyapsan? Ibrohim Xalfan jamoasi hujumini rivojlantirish uchun jarima maydonchasi tomon oshiqqan Nodir Belhojga to'pni uzatdi va Nodir o'zining aniq zarbasi bilan bugungi bellashuvda o'z nomini qaydnomaga yozdirib qo'yishga erishdi. Haaa, Abramov himoyani bir o'zgarish bilan "himoyacha" qilib qo'ydi.


39` Jasur Hasanovdan uzatmani qabul qilib olgan Sanjar SHoahmedov uzoqdan darvozani "o'qqa" tutishga urinib ko'rdi. Zarba noaniq.


37` Salim Mustafoev raqibni maydon markazida qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi. Salimning bu erda boshqa chorasi ham qolmagan edi. Bo'lmasa hisob yiriklashib ketishi mumkin edi...


36` "Lokomotiv" oldinga bormoqda. Lekin "Al Sadd" himoyasini yorib o'tish vakillarimiz uchun oson kechmayapti.


34` GOL! Hasan Haydos hisobni 2:0ga keltirmoqda. Himoyadagi katta bo'shliq va raqib qarshi hujumda "Loko"ni jazolamoqda. Muriki vakillarimizni aldab o'tdi va to'pni ochilib kelayotgan Hasan Haydosga uzatdi. Haydos esa kuchli zarba bilan Mamur Ikromov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi, 2:0!


33` Mamur Ikromov raqib hujumini o'z postini tashlagan holda to'xtatib qoldi.


31` Vadim Abramovdan yangi yurish. "Loko"da o'zgarish. SHavkat Mullajonov o'z o'rnini Dilshod Rahmatullaevga bo'shatib berdi. Himoyachi o'rniga yarim himoyachi. Abramov biroz shoshmadimi? Maydonda futbolchilar joylashuvida ham bir qator o'zgarishlar yuz berishi aniq.


30` "Lokomotiv" raqibga nisbatan ustunlikka ega edi. Biroq golni qatarliklar kiritishdi. Sal avvalgi Toshkentdagi o'yinda ham shu narsa takrorlangan edi.


28` Vakillarimiz so'nggi o'yinlarda juda ko'p qoidani buzishmoqda va o'z darvozalariga penalti olib kelishmoqda. Bu esa bizga qimmatga tushmoqda.


27` GOL! Ibrohim Xalfan! Qatarlik futbolchi to'pni to'g'ri darvoza markaziga yo'naltirdi, Ikromov esa o'ng burchakka sakradi.


26` Penalti! SHavkat Mullajonov Abdulkarim Hassanga qarshi qo'pol o'ynadi va Benjamin penalti belgiladi.


25` Nemanya Yanichich maydon markazida raqib hujumini qoidani buzib to'xtatib qoldi.


24` To'p uchun havodagi kurashda Salim Mustafoev raqibi bilan to'qnashib ketdi va biroz jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.


22` "Lokomotiv" hujum tashkil etishda faol o'ynamoqda. Hozirgina o'ng qanotdan uyushtirilgan hujumni raqib himoyachilari bartaraf etishni uddasidan chiqishdi.


21` O'yin tizgini vakillarimiz qo'lida.


20` Jasur Hasanov o'zining faol harakatlari bilan ajralib turibdi.


18` Uhhh! Kerak emas bunaqasi! "Al Sadd" hujumchisi Grafite hozir jarima maydonchasi ichida yolg'iz qoldirildi. Yaxshi hamki Grafite so'nggi zarbada biroz noaniq o'ynadi. Aks holda hisob ochilishi mumkin edi. Himoyadagi birinchi qo'pol xato.


17` Vadim Abramov tik turgan holda o'z shogirdlariga kerakli ko'rsatmalarni berib bormoqda.


15` Vakillarimiz raqib jarima maydonchasi oldida "Al Sadd"ga "pressing" qo'llashmoqda.


14` "Loko" futbolchilari ancha faol ko'rinishmoqda. Temurxo'ja Abduholiqovdan ham yanada faolroq harakatlarni kutib qolamiz.


13` Avvalgi vaziyatda Temur Kapadzening chiroyli o'ynaganini alohida takidlab o'tish joiz. Aynan uning harakatlari evaziga hujum tashkil etilgan edi.


12` Xavfli vaziyat! "Loko"! Ajoyib! CHiroyli kombinacion hujum va Yanichichning bosh bilan yo'llagan zarbasi! Bu vaziyat Saad SHib to'pni ushlab olishga erishdi. Ha, yomon emas yigitlar!


11` Salim Mustafoev faol o'ynadi va jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi. Barkalla Salim!


10` Uchrashuv debyuti shuni ko'rsatmoqdaki, jamoalar bugun himoyaviy o'yin ko'rsatishmoqchi emas. O'yin tezligi yuqori desak mubolag'a bo'lmaydi. 


9` O'yin tashabbusi goh u jamoaga, goh bu jamoa qo'liga o'tmoqda.


7` Hujum! "Loko" oldinga borishni boshladi! Jasur Hasanov o'z qanotidan faollik bilan hujumga intildi va to'pni markazga uzatdi. Dastlab Koryan to'pni o'ziga to'xtatib ololmadi. Keyingi vaziyatda to'pga egalik qilgan Sanjar SHoahmedov esa uzoqdan zarba yo'lladi. Aniq, lekin raqib posboni Saad SHib uchun bu katta qiyinchilik tug'dirmadi.


6` "Al Sadd" o'z hujumlarini boshlab yubordi. CHap qanotdan ketma-ket hujumlar tashkil etildi. Bu vaziyatda Yanichich ishonchli o'ynadi va raqibni zararsizlantira oldi.


5` Uchrashuvda hozircha xavfli vaziyatlar kuzatilmayapti. Jamoalar asosan bir-birlarini o'rganish jarayonini o'tkazishmoqda.


4` "Lokomotiv" raqib jarima maydonchasi tomon yurish qildi. Biroq chap qanotdan boshlangan hujum o'z yakuniga etmay qoldi.


3` Mamur Ikromov to'pga chiqishda yaxshi harakat qildi va xavfni bartaraf etdi.


2` "Al Sadd" o'yinni tezkor hujum bilan boshlamoqda. Lekin vakillarimiz himoyada hozircha bexato o'ynashmoqda.


- UCHRASHUV BOSHLANDI! OLG'A "Loko"!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


- Ushbu guruhning ikkichni o'yinida "Fulad" hamda "Al Hilol" jamoalari o'zaro kuch sinashishdi va bu bellashuvda hisob ochilmadi. Bu "Loko" uchun ayni muddao bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasida - 4, Eronning "Fulad" klubida esa - 3 ochko mavjud. "Al Sadd"da 4 ochko guruhda peshqadamlik qilmoqda. "Loko"da hozircha 1 ochko mavjud. Bugungi g'alaba "Lokomotiv"ni guruh peshqadamlarining biriga aylantirishi mumkin.


- O'yin boshlanishiga tobora oz fursat qolmoqda.


- O'zbek klublari 6 uchrashuvdan buyon OCHLda g'alaba nimaligini bilmay kelishmoqda. So'nggi marotaba "Nasaf" jamoasi "Traktorsozi"ni Qarshida taslim etishgan edi. SHundan so'ng jamoalarimiz ikki durang va to'rt mag'lubiyatni tan olishdi. G'alaba bizni ancha kuttirib qo'ydi. O'ylaymizki, Vadim Abramov jamoasi bugun Qatardan g'alaba bilan qaytishni uddasidan chiqishadi.


- Bugun "Lokomotiv" g'alaba qozonishi kerak, shart!


- Tarkiblar elon qilindi!


- Yaqin daqiqalar ichida jamoalarning boshlang'ich tarkiblari elon qilinishi kerak.


- Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! OCHL musoboqasi davom etadi. Osiyo chempionlar ligasi "C" guruhi 3-turidan o'rin olgan Qatarning "Al Sadd" hamda vakillarimiz "Lokomotiv" jamoasi o'rtasidagi bahsdan matnli onlayn translyaciyani amalga oshiramiz. "Qaldirg'ochlar" bizni uyaltirib qo'yishdi. Umid qilamizki, ushbu uchrashuvda "temiryo'lchilar" qatarliklardan o'chimizni olib berishadi. 


- Uchrashuv soat 20:45da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика