"Lokomotiv" posboni dunyoning eng kuchli uch darvozaboni nomini aytdi
11 dek 2019 16:17
Yangiliklar


"Lokomotiv" posboni dunyoning eng kuchli uch darvozaboni nomini aytdi
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi darvozaboni Gilerme duyoning eng kuchli 3 darvozaboni nomini aytib o'tdi.
Rossiya terma jamoasi posbonining fikricha dunyodagi eng kuchli darvozabon "Barselona" posboni Mark-Andre ter SHtegendir. Ikkinchi o'rinda "Atletiko" darvozaboni Yan Oblak bo'lsa, uchinchi o'rin "Liverpul"dan Alisson Bekerga tegishli.
"Men har doim Akinfeevga o'xshab poziciya egallashni xohlar edim. Men uning o'yinlarini ko'p tomosha qildim va tushunishga harakat qildim. Menimcha, unga tabiat shunday iqtidor taqdim etgan", - deydi Gilerme.
Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" bugun ECHL 6-turi doirasida Madridda "Atletiko"ga qarshi o'yin olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar