“Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi “Sport” kanalida yozib olingan holda namoyish etiladi
21 okt 2014 15:27
Yangiliklar


“Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi “Sport” kanalida yozib olingan holda namoyish etiladi
Bugun oliy liga 20-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Paxtakor" qoldirilgan uchrashuvi bo'lib o'tadi.
“Lokomotiv” stadionida, soat 17:00da boshlanadigan ushbu uchrashuv “Sport” telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatilishi rejalashtirilgan edi. Biroq bizga nomalum bo'lgan sabablar tufayli bahs faqat 21:55dan boshlab yozib olingan holda kechki dasturlarda namoyish etiladi.
Malumot uchun, ushbu o'yin uchun chiqarilgan chiptalar stadion chiptaxonalarida sotilmoqda.

Fikrlar