So’nggi yangiliklar

01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  4 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  1 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  5 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  6 23:58Анчелотти Винисиусга берилган миллиард евролик таклиф ҳақида гапирди  2 23:30Элит лига гуруҳ босқичининг сўнгги иштирокчиси ҳам аниқланди!  6 23:06Футзал. ЖЧ-2012. Илк ўзбек ҳаками, кетма-кет иккинчи марта финалга чиққан Ўзбекистон мураббийи, фалаж ҳолатда қаҳрамонга айланган Фалькао ва либосидаги юлдузлардан маҳрум этилган Бразилия ҳақида ҳикоя қиламиз  0 22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  6 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  5 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2

“Lokomotiv” - “Paxtakor”: O'yin va o'yindan keyingi voqealar haqida Yangiliklar

“Lokomotiv” - “Paxtakor”: O'yin va o'yindan keyingi voqealar haqida

Kecha bo'lib o'tgan o'tgan chempionlik o'yinida “Paxtakor” “Lokomotiv”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng “Paxtakor” “Loko”dan uch ochkoga ilgarilab ketdi hamda zaxirada bitta o'yini borligini inobatga olsak, chempionlik qo'lga kiritildi hisob. Negaki buyog'iga “paxtakorchilar”ning qoqilishiga ishonish juda qiyin, qolaversa, “Lokomotiv” ham o'zib keta olmasa kerak.

Bu uchrashuv chempionlik bahsi bo'lgani uchun etibor yuqori edi. SHu bois TTZdagi “Lokomotiv” stadioniga ko'plab muxlislar kelishdi. Qolaversa, o'yindan keyin matbuot anjumanlari o'tkaziladigan xonada jurnalistlar ko'pligidan bo'sh joy qolmadi. Uchrashuv esa juda keskin va kurashlarga boy tarzda kechdi. Qolaversa, bahsni BAAdan tashrif buyurgan hakamlar boshqarib borgani ham o'yinga qandaydir fayz bag'ishladi.



Yil boshida o'z oldiga faqat chempionlik maqsadini qo'ygan “Lokomotiv” uchun bu o'yin katta ahamiyatga ega edi. Lekin jamoa o'z maydonida kechgan aynan etakchilar bilan bahslarda g'alaba qozona olmadi. Birinchi davrada “Nasaf” bilan durang o'ynagan bo'lsa, ikkinchi davrada “Bunyodkor” va “Paxtakor”ga mag'lub bo'ldi. “Paxtakor” esa aksincha o'z uyida “Bunyodkor”niyam, “Nasaf”niyam mag'lub etdi. “Loko” bilan durang o'ynadi. Demak, bundan ko'rinib turibdiki, chempionlik o'zaro o'yinlarda hal qilindi.

“Lokomotiv” uy uchrashuvlarini TTZda o'tkazgani yaxshi: maydon ajoyib, stadion ko'rinishi ixcham, sharoit bor. Ammo necha marta aytib kelayotganimiz bilan klub rahbariyati tomonidan hamon OAV vakillariga qulaylik yaratib berilmayapti. To'g'ri, o'yin kunlari stadionda simsiz internet yoqib qo'yiladi, ammo kechagi bahsda o'yinni kompyuter orqali onlayn qilmoqchi bo'lganlar ancha qiynalib qolishdi. Birinchidan, bizga jurnalistlar SIP sektorda o'tirishadi deyildi, borsak qator-qator stullardan boshqa hech narsa yo'q ekan. Natijada hamkasbimiz SHahboz Beg'amov o'yinni matnli translyaciya tarzida yoritib borayotib ancha qiynalib qoldi. Mayli, noutbukning elektr quvvati to'la edi, ammo shunday katta klubda matbuot vakillari uchun nahotki ikkita stol topilmagan bo'lsa. Endi bir yarim soat mobaynida noutbukni tizzaga qo'yvolib, uchrashuv tafsilotlarini yozib borish qanday bo'lishini o'zingiz tasavvur qilib ko'ravering.  



Bu muammo Temiryo'llar instituti hududida joylashgan stadionda ham bor. O'z safiga yaxshi futbolchilarni qo'shib olgani bilan klub PROFESSIONAL bo'lib qolmaydi. Professional klub har bir detalga alohida etibor qaratishi shart. Qolaversa, OAV bilan ham ishlashni bilishi kerak. Endi o'yin haqida gapiradigan bo'lsak, uchrashuv teng kurashlar ostida kechgandek ko'ringani bilan “Paxtakor”ning o'yini ancha mazmunli chiqdi. Har bir chiziq o'z ishini yaxshi bajardi: darvozabondan tortib hujumchilargacha. SHaxsan menga Jamshid Iskanderovning harakatlari juda maqul keldi. O'yinni o'qishi, sheriklarini ko'ra bilishi juda ajoyib. “Paxtakor”ning standart vaziyatlardan unumli foydalanishi tahsinga loyiq.

“Lokomotiv” o'yinida esa muammolar hamon mavjud. Kechagi bahsda bu yaqqol ko'zga tashlandi. Jamoaning xavli vaziyatlarni kam yuzaga keltirishi, yuzaga keltirganda ham undan foydalan bilmaslik “Bunyodkor” bilan kechgan bahsda ham ko'zga tashlangandi. Kechagi o'yinda yana shu xatolar takrorlandi. Biz nima uchun boshqa o'yinlar qolib mana shu ikkita bahsni aytyapmiz? CHunki odatda kuchli jamoalarning o'yiniga kuchli raqiblar bilan qanday harakat qilganiga qarab baho beriladi. “Lokomotiv” hozirgi o'yini bilan o'rtamiyonalarni yutib yuraveradi, ammo kuchlilarni mag'lub eta olmayapti. Avvalo jamoada bir-birini tushunib harakat qilish to'liq shakllanmagan. Bo'lmasa jamoada qanday futbolchilar yig'ilmagan deysiz. Kechagi uchrashuvda birgina Jasur Hasanovning ajralib turganini hisobga olmasak, boshqalar aytarli hech narsa qila olishmadi. Nesterov ikkitani golni standartdan o'tkazib yubordi, Bobur Yo'ldoshevning avtogol tasiridan haliyam chiqib ketolmagani ko'rinib turdi, Lutfullo To'raev markazda etakchilikni qo'lga ola bilmadi, Fozil Musaev-ku umuman o'yinga kirishib keta olmadi. Genyrixning bir o'zi harakat qilgani bilan yo u sheriklarini tushunmadi, yo sheriklari uni tushunishmadi. Farhod Tojievning maydonda borligi ham umuman bilinmadi.

Bemalol aytishimiz mumkin, chempionlik uchun kechgan bahsda “Paxtakor” haqli g'alabaga erishdi. Jamoa chempionlarga xos tarzda o'z o'yinini namoyish eta oldi. Malum bir vaqt o'rinbosarlar tarkibida o'ynab yurgan Boyan Miladinovich haqiqiy professional ekan. U tushkunlikka tushmasdan ishlashda davom etdi va asosiy tarkibdagi o'rnini qaytarib oldi. Kechagi o'yinda esa burchak to'pidan gol kiritdi. Davralar oralig'ida tarkibga qo'shib olingan Bahodir Pardaev ham tezda jamoaga kirishib keta oldi. Egor Krimec tayanch nuqtasida o'zini yo'qotib qo'ymadi. Boshqalar haqida ham iliq fikrlarni bildirish mumkin.



O'yindan so'ng odatdagidek matbuot anjumani o'tkazildi. OAV xodimlari “Paxtakor” menejeri Samvel Babayanni qarsaklar bilan kutib olishdi. O'z navbatida Samvel Vyacheslavovich hech bir jurnalistning savolini beetibor qoldirmay, hammasiga to'liq javob qaytardi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Lokomotiv” bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etishi lozim edi, biroq Abramov kirishni xohlamadimi yo boshqa sabab tufaylimi, xullas o'rniga yordamchisi Marat Miftaxutdinovni yubordi. Bu esa bazi jurnalistlarda norozilikni yuzaga keltirdi, hatto “Abramov qani?”, “Biz u kishi bilan savol-javob qilamiz” deganlar ham bo'ldi. Bu esa tabiiyki Miftaxutdinovning hamiyatiga tegdi va u kishi matbuot anjumanida qatnashmasdan zalni tark etdi.



Futbolda bunday voqealar uchrab turadi: yani, bosh murabbiyning o'yindan keyingi matbuot anjumaniga kirmasligi. Bu o'z vaqtida hatto jahonning eng kuchli murabbiylari bilan ham bo'lgan. SHunday ekan, bundan katta vahima yasash kerak emas. Murabbiy xohlasa kiradi, xohlamasa yo'q. To'g'ri, PFL reglamentida matbuot anjumanlarida bosh murabbiylarning ishtirok etishi shart qilib belgilab qo'yilgan va qaysi jamoaning bosh murabbiyi kelmasa unga nisbatan jarima solinadi va shu bilan ish yopiladi. Jurnalistning yordamchi murabbiyga savol berish-bermasligi esa o'ziga havola. Maqul kelsa oxirigacha o'tiradi, bo'lmasa bemalol chiqib ketishi mumkin. Xuddi biz matbuot anjumaniga falonchi kirsin deb talab qila olmaganimiz kabi, klub ham jurnalistlar oxirigacha shu erda o'tirishi kerak degan shartni qo'ya olmaydi.

X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика