So’nggi yangiliklar

09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  0 08:44"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчини тарк этиши мумкин  4 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  12 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1

"Lokomotiv" Pavel Pogrebnyakning ukasi bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

"Lokomotiv" Pavel Pogrebnyakning ukasi bilan shartnoma tuzdi

“Lokomotiv” Superligada ochilgan transfer oynasidan unumli foydalangan holda o'z safini mahoratli, nomdor, milliy terma jamoamizning acosiy futbolchilari va rossiyalik legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi.


“Lokomotiv”ning yangi futbolchilari bilan tanishing:
Anzur Ismoilov
Bo'yi: 
190 sm
Og'irligi: 83 kg
Ampluasi: himoyachi

1985 yil Samarqand shahrida tavallud topgan. O'z faoliyatini Samarqandning “Dinamo” klubida boshlagan. 2002-2003 yilgi mavsumni sobiq “Traktor” jamoasida o'tkazgan. 2003 mavsumdan boshlab esa poytaxtning yana bir jamoasi “Paxtakor” safiga borib qo'shilgan. 6 yil “Paxtakor” safida to'p surgan futbolchi 2010 yil “Bunyodkor” klubi bilan shartnoma imzolagan va klub sharafini 1 yil himoya qilgan. 2011 yildan boshlab esa legioner futbolchi maqomini olgan Anzur Ismoilov Xitoyning “CHanchun Yatay” klubiga borib qo'shilgan. 7 yil davomida himoyachi xitoyliklar safida 186 marta maydonga tushib 12 marta raqiblar darvozasini nishonga olgan. 2007 yildan beri Anzur Ismailov 82 marta O'zbeksiton  milliy terma jamoasi libosida maydonga tushgan. “CHanchun Yatay” klubi bilan shartnomasi yakunlangan Anzur O'zbekistonga, “Lokomotiv” safiga kelib qo'shildi. Futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolandi.

Temurxo'ja Abduholiqov
Bo'yi:
187 sm
Og'irligi: 87 kg
Ampluasi: hujumchi

Temurxo'ja 1991 yil Toshkent shaxrida tavallud topgan. Professional futbolda dastlabki o'yinini 2009 yil “Bunyodkor” klubi safida boshlagan. “Qaldirg'ochlar” safida 3 mavsum o'tkazgan xujumchi 2011 yil “Paxtakor” safiga borib qo'shilgan. “SHerlar” safida ham uch mavsum o'tkazgan Temurxo'ja 64 ta o'yinda maydonga tushib 22 ta gol kiritishgan muvaffaq bo'lgan. 2014 yil mavsumi yakunlangan u Xorvatiyaning kuchli klublaridan biri “Xayduk” bilan shartnoma imzoladi va bir mavsum Evropada to'p surdi. 2015 yil “temiryo'lchilar” bilan shartnoma imzoladi va o'zining eng yorqin 2 mavsumini o'tkazdi. “Lokomotiv” safida Temurxo'ja O'zbekiston vice-chempioni, O'zbekiston Kubogi, O'zbekiston chempioni va O'zbekiston Superkubogi sohibi bo'ldi. 2016 yil mavsumning eng yaxshi to'purari unvonini qo'lga kiritdi va bir necha nashrlar tomonidan “Yilning eng yaxshi futbolchisi” unvoniga sazovor bo'ldi. 2017 yil esa hujumchi Qatarning “Al-Sayliya” klubi safiga o'tdi. Qatar Superligasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 11 marta nishonga oldi. 2018 yil mavsumning 2 yarmida o'zining qadrdon jamoasiga aylanib ulgurgan “Lokomotiv” bilan yana shartnoma imzoladi.



Nikolay Pogrebnyak
Bo'yi:
185 sm
Og'irligi: 77 kg
Ampluasi: himoyachi

1992 yil Moskvada tug'ilgan Nikolay dastlabki faoliyatini “Timiryazevec” maktabida boshlagan. 2010 yildan professional karerasini Tomsk shaxrining “Tom” jamoasida boshlagan. Keyinchalik, 2015-2016 yillarda Moskvaning “Torpedo”, Stavropol shaxrining “Dinamo” jamoalari safida to'p surgan. Faoliyati davomida hujumchi, yarim himoyachi va himoyachi poziciyalarida harakat qilgan.

Kolya Rossiya terma jamoasining mashxur sobiq futbolchisi Pavel Pogrebnyakning ukasi.


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика