"Lokomotiv" o'z maydonidagi oxirgi to'rtta o'yinda 15ta gol urdi
22 iyu 2017 16:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/260626_original.jpg)
![](/upload/storage/260626_220.jpg)
"Lokomotiv" o'z maydonidagi oxirgi to'rtta o'yinda 15ta gol urdi
"Temiryo'lchilar" 13ta o'yindan so'ng 32 ochko to'plashdi va turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilishmoqda.
Kuni kecha bu jamoa o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa "Loko"ning uydagi g'alabalari soni ettitaga etdi. Bundan tashqari, "Lokomotiv" TTZdagi stadionda ketma-ket to'rtinchi o'yinida gol o'tkazmadi. Va mana shu to'rtta uchrashuvda "Loko" futbolchilari 15ta gol urishning uddasidan chiqishdi.
"Lokomotiv" oxirgi to'rt o'yinida "Obod" (7:0), "Qizilqum" (2:0), "Neftchi" (4:0) va "Dinamo" (2:0) klublarini mag'lub etdi. Mavsum boshidan beri "temiryo'lchilar" uydagi o'yinlarda jami 25ta to'p kiritib, o'z darvozalaridan atigi bitta gol o'tkazib yuborishgan. "Lokomotiv" faqat "Nasaf" bilan kechgan o'yinda gol o'tkazgan.
SHunday qilib, "termiryo'lchilar"ning birinchi davra hisobidan uydagi o'yinlari o'z yakuniga etdi. Jamoa keyingi turni safarda "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar